Kontent qismiga oʻtish

Kamaguey

Vikipediya, erkin ensiklopediya

KamagueyKubaning markaziy qismidagi shahar. Atiboniko daryosi sohilida joylashgan. Kamaguey provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 300 ming kishi chamasida (1990-yillar oʻrtalari). Temir yo'l va avtomobil yoʻllarining yirik tuguni. Aeroport bor. Qishloq xoʻjaligi (shakarqamish, chorvachilik) rayonining muhim savdo-sanoat markazi. Mashinasozlik, kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, tamaki, toʻqimachilik, koʻn poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Kamaguey yaqinidan xromit olinadi. Ignasio Agramonte universiteti (1974) va muzeyi bor. XVII—XIX asrlarga oid meʼmorii yodgorliklari saqlangan. Shaharga 1515 yilda asos solingan, 1817 yildan shahar maqomini olgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil