Kalakukko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Kalakukko (kalekukko fin: kalakukko — „baliqli xoʻroz“[1] yoki „baliqli bulochka“[2]) — bu anʼanaviy Fin javdar baliq pirogi. Odatda pirog qiymasi uchun baliq filesi, koʻpincha losos baligʻi, choʻchqa yogʻi yoki bekon qoʻshiladi. Pirog tashqi tomondan katta javdar bolka nonini yodga soladi. Kalakukko har Rojdestvo bayramida Finlarning dasturxonidan joy oladi[3]. Sharqiy Finlyandiyadagi Savo tarixiy provinsiyasida yaratilgan mazkur pirog[2] 2002-yildan buyon Yevropa Ittifoqida geografik koʻrsatkich himoyasiga ega[4].

Kalakukko uchun tayyorlangan baliqli qiyma javdar uni, suv va tuz qoʻshilb qorilgan xamir ustiga yoyiladi. Qavat-qavat qilib bekon boʻlaklari teriladi. Hamma tomoni xamir bilan yopilib, pirog yumaloq shaklga keltiriladi. Bir necha soat davomida pishiriladi. Dasturxonga tortishdan oldin, kalakukko pichoq bilan spiral shaklida ochiladi va ichidagi qiyma porsiyalangan likoplarga solinadi. Ovqat javdar pirogining qotgan chetlari bilan birga isteʼmol qilinadi, xuddi non kabi[1][5].

1953-yilgi Finlyandiya kinokomediyasida poytaxt shahar Xelsinkini Shimoliy Savodagi Kuopio porti bilan bogʻlaydigan tezyurar poezdga „Uchayotgan Kalakukko“nomi berilgan edi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 А. Романов 2019.
  2. 2,0 2,1 I. Lazerson. S. Sinelnikov. Salati i zakuski. Vkusno i bistro
  3. Т. В. Левкина 2012.
  4. eur-lex.europa.eu(ingl.)
  5. А. Т. Васюкова 2015.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Васюкова А. Т. Кухня Финляндии. Калекукко // Технология кулинарной продукции за рубежом: Учебник для бакалавров / А. Т. Васюкова, Н. И. Мячикова, В. Ф. Пучкова; под ред. проф. А. Т. Васюковой. — M.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2015. — С. 340—345. — 368 с. — 1 000 экз. — ISBN 978-5-394-02237-1
  • Романов А. Калакукко // Энциклопедия пекаря. Современные технологии и нормативы. — M.: «Ресторанные ведомости», 2019. — 453 с. — ISBN 978-5-6040953-0-0
  • Левкина Т. В. Рыбный финский пирог «Калакукко» // Празднуем Рождество. Традиции, кулинарные рецепты, подарки. — M.: Даръ, 2012. — 384 с. — (Русская культура). — ISBN 978-5-485-00277-0
  • Kalekukko // Kultura pitaniya. Ensiklopedicheskiy spravochnik / Pod red. I. A. Chaxovskogo. — 3-e izdanie. — Mn.: „Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki“, 1993. — S. 114. — 540 s. — ISBN 5-85700-122-6.
  • Charles Sinclair. kalakukko // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 305. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.