Kadmiy selenid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kadmiy selenid, CdSe - toʻq qizil rangli kristall modda. Kristallari, asosan, geksogonal panjarali, shuningdek, kubsimon panjarali beqaror va faqat yuqori bosimda mavjud boʻlgan kubsimon panjarali modifikatsiyalari maʼlum. Suyuqlanish t-rasi 1263°; zichligi 5,81 g/sm3, yarimoʻtkazzich. Suvda erimaydi, xlorid, nitrat va sulfat kislotalar taʼsirida parchalanadi. K. s. kadmiy bilan selenii qizdirish yoki gaz fazada, CdSO4 eritmasidan H2Se taʼsirida choʻktirish, CdS bilan H2SeO3 ni, kadmiy va selenning organik birikmalarini oʻzaro taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. K. s. — yarimoʻtkazgich lazerlarda faol muhit hosil qilishda, fotorezistorlar tayyorlashda, fotodiodlar, quyosh batareyalari, emallar, sirlar va badiiy boʻyoqlar uchun pigment sifatida qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil