KFC original retsepti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
KFC original tovuq retsepti

KFC origin retsepti - bu tez ovqatlanish restoranlari uchun ishlatiladigan ingredientlar to'plami.

KFC tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930 yillarning so'ngida, Harlend Sandersning Kentukki yoqilg'i quyish shoxobchasidagi ovqatlanish joyi o'zining qovurilgan jo'jalari bilan juda taniqli ediki,Sanders bu joydan gaz nasoslarini olib tashlaydi va o'rniga chiroyli mehmonxona va restoran qurishga qaror qiladil.U aynan tovuqni pishirish bo'yicha ko'p izlanadi.Qanday tez, ammo mazali tovuq go'shti tayyorlash yo'lini qidiradi.Va nihoyat, 1940 eil iyul oyida buning uddasidan chiqa oladi.

Sanders tovuqni qovurish uchun o'simlik moyidan foydalangan. 1993- yilga kelib, iqtisodiy sabablarga ko'ra, KFC savdo nuqtalari palma va soya moyi aralashmasidan foydalanishni tanlagan.

Sandersning "11 o't va ziravorlar" asl retsepti - ovqatlanish sanoatining eng mashhur savdo sirlaridan biridir. New York Times nashri retseptni kompaniyaning eng qimmatbaho siri deb tavsifladi. Bu retsept patentlanmaydi, chunki patentlanganida bu haqida batafsil detallar nashri e'lon qilinishi zarur bo'ladi.Sanders buni savdo siri o'z egalarining intellektual mulki bo'lib qolishi kerak deb hisoblagan.

Retsepti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanders imzolagan retseptning nusxasi KFC's Luizvel bosh qarorgohida 11 ta alohida flakonda saqlanadi. .

1983 yilda William Poundstone laboratoriya izlanishlarini o'z kitobida tasvirlab berdi va tekshirilgan namunada faqat un, tuz, monosodium glutamat va qora qalampir mavjudligini aytdi. KFCning ta'kidlashicha, ular hanuzgacha 1940 -yilgi retsept bo'yicha ishlashadi.

2016 yil avgust oyida Chicago Tribune Sandersning jiyani K Jou Ledington albomdagi konvertda qo'lda yozilgan qog'ozga asl KFC qovurilgan tovuq retsepti nusxasini topganini da'vo qilgani haqida xabar berdi.[1] Tribune xodimlari ushbu retseptning pishirish sinovini o'tkazdilar, oqibatda bir nechta eksperimentlar o'tkazildi.[1][1] Ular "Ts" osh qoshiq yoki choy qoshig'ini anglatishini aniqlashlari kerak edi.[1] Biroz sinov va xatolardan so'ng, ular tovuqni sariyogda[1] 350F(170 C) da qovurish kerak deb qaror qilishdi. . Shuningdek, ular MSG-ni lazzat kuchaytiruvchi sifatida qo'shganda, ular KFC-da sotib olgan qovurilgan tovuqdan "farqlanmaydigan" ta'mga ega bo'lgan qovurilgan tovuqni ishlab chiqarishlari mumkinligini da'vo qilishdi.[1]

Jo Ledington tomonidan topilgan retsept quyidagicha:

11 Ziravorlar- 2stakan oq un bilan aralashtiring

    1. 2/3 osh qoshiq tuz.
    2. 1/2 osh qoshiq timyan
    3. 1/2 osh qoshiq rayhon
    4. 1/3 osh qoshiq oregano
    5. 1 osh qoshiq selderey tuzi
    6. 1 osh qoshiq qora qalampir
    7. 1 osh qoshiq quruq xantal
    8. 4 osh qoshiq paprika
    9. 2 osh qoshiq sarismoq tuzi
    10. 1 osh qoshiq maydalangan zanjabil
    11. 3 osh qoshiq oq qalampir

Andoza:KFC

  1. 1,0 1,1 1,2 Dodrill. „KFC recipe revealed? Tribune shown family scrapbook with 11 herbs and spices“. Chicago Tribune (2016-yil 19-avgust). Qaraldi: 2016-yil 23-avgust.