Könül Xasıyeva
Könül Xasıyeva (17-mart 1968-yil, Shaki) — Ozarbayjon mugʻom ijrochisi, xonanda, Ozarbayjon xalq artisti.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Könül Xasıyeva 1968-yilning 17-martida Shaki shahrida tugʻilgan. 1975-yilda boshlangʻich maktabga qabul qilingan. 1981-yilda Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasining oʻsha vaqtdagi rahbari Haydar Aliyev tashabbusi bilan tashkillashtirilgan „Gənclərin ümumrespublika baxış“ („Yoshlar umumrespublika koʻrigi“) musobaqasi gʻolibi boʻldi. 1981—1991-yillarda Ozarbayjon davlat konservatoriyasida Arif Babayevdan tahsil olgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Könül Xasıyeva turli madaniy hamda davlat tadbirlari bilan Turkiya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya, Italiya, Eron, Rossiya kabi davlatlarda, shuningdek Ozarbayjonning turli hududlarida chiqishlar qilgan hamda konsertlar bergan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Azərbaycan Bayrağı“ oliy diplomi;
- „Ustad Sənətkar“ media mukofoti;
- „Qızıl Qələm“ media mukofoti;
- „Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni;[1]
- Ozarbayjon xalq artisti unvoni – 2014;[2]
- Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining shaxsiy stipendiyasi stipendiati.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Azərbaycan Respublikası prezidentinin 24.12.2002-ci il tarixli, 826 nömrəli fərmanı
- ↑ <span lang="(ozar.)" xml:lang="(ozar.)">„Azərbaycan Respublikasının mədəniyyət xadimlərinə fəxri adların verilməsi haqqında" Azərbaycan Respublikası Prezidentinin 18 dekabr 2014-cü il tarixli, xxxx nömrəli Sərəncamı“ ((ozar.)). president.az. 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Prezident İlham Əliyev Könül Xasıyevaya Azərbaycan Respublikası Prezidentinin fərdi təqaüdünün verilməsi haqqında sərəncam imzalayıb“. apa.az. 2018-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2025-yil.