Kontent qismiga oʻtish

Kölemen Abdulloh posho

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kölemen Abdulloh posho
Tavalludi 1846
Trabzon, Usmoniylar imperiyasi
Vafoti 1937
Izmir, Turkiya
Fuqaroligi  Usmoniylar imperiyasi
Qoʻshin turlari  Turkiya armiyasi
Xizmatdagi yillari 1881–1913
Unvoni general
Jang/urush Grek–Turk urushi (1897)
Birinchi Bolqon urushi
Turk Mustaqillik urushi
Mukofotlari Imtiyoz medali

Abdulloh posho yoki Kölemen Abdulloh posho (turkcha: Kölemen Abdullah Paşa; 1846–1937) – turk millatiga mansub Usmoniylar imperiyasi qoʻmondoni, Birinchi Bolqon urushi davrida xizmat qilgan. 1912-yilda Kirk Kilisse jangi, Lule Burgas jangi va Adrianopol jangida Usmoniylar qoʻshinlariga qoʻmondonlik qilgan. Bu janglarda Usmoniylar qoʻshinlari bolgarlar tomonidan magʻlub etilgan[1]

Posho 1918-yil 11-noyabrdan 19-dekabrgacha jami 38 kun davomida Ahmet Tevfik posho boshchiligidagi hukumat tarkibida Usmoniylar imperiyasining harbiy vaziri (turkcha: Harbiye Nazırı) lavozimida xizmat qilgan. Keyinchalik hukumat ishlaridan isteʼfoga chiqib, Turkiya mustaqillik urushiga qoʻshilgan va Smirnada (hozirgi Izmir) yunonlarga qarshi jang qilgan. 1937-yilda İzmirda vafot etgan.