Kiribati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kílíbasdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Kiribati Respublikasi
Kiribati davlat bayrogʻi   Kiribati davlat gerbi
Bayroq Gerb
Shior: Te mauri, te raoi ao te tabomoa
(Kiribati: Health, Peace and Prosperity)
Madhiya: Teirake kaini Kiribati
(Stand Kiribati)
Kiribati Xaritasi
Poytaxt Tarava
Rasmiy til(lar)
Hukumat Prezidentlik Respublika
 • Prezident Anote Tong
Mustaqillik   Birlashgan Qirolligidan
 • Sana 12 iyul 1979
Maydon  
 • Butun 811 km² (186-)
 • Suv (%)
Aholi  
 • 2002 roʻyxat 103,092 (196- oʻrin)
 • Zichlik 127/km²
YaIM (XQT) 2005- yil roʻyxati
 • Butun AQSh$79 mil. (221-)
 • Jon boshiga AQSh$766
Pul birligi AAQShtralian Dollar (AUD)
Vaqt Mintaqasi (UTC)
 • Yoz (DST)
Qisqartma KR
Internet domen .ki
Telefon prefiksi +686

Kiribati, Kiribati Respublikasi (Republic of Kiribati) — Tinch okeanning gʻarbiy qismida, Gilbert, Feniks, Layn orollari va Banaba orolda joylashgan davlat. Maydoni 810,6 km². Aholisi 94,149 ming kishi (2001). Maʼmuriyhududiy jixatdan 6 okrugga boʻlinadi. Poytaxti — Bairiki shahri.

Davlat tuzumi[tahrir]

Kiribati — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlikka kiradi. Amaldagi konstitutsiyasi 1979 yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi prezident (1994 yil oktabrdan Teburaro Tito). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlis palatasi (parlament) amalga oshiradi. Parlament deputatlari aholi tomonidan 4 yil muddatga saylanadi. Ijrochi hokimiyatni prezident boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Tabiati[tahrir]

Orollar marjonlardan hosil boʻlgan. Iqlimi — ekvatorial, issiq va sernam. Baʼzi janubiy orollarda qurgʻoqchilik ham boʻlib turadi. Oʻrtacha oylik temperatura 24°—31°. Tabiiy oʻsimliklari — asosan, butalar.

Aholisining aksariyati, asosan, mikroneziyalik kiribatilar (96%); tuvaluanlar, banabanlar ham yashaydi. Rasmiy tili — ingliz tili, birok, barcha aholi toʻngaru (kiribati) tilida soʻzlashadi. Dindorlar — xristianlar.

Tarixi[tahrir]

Kiribati hududi (Gilbert orollari)ni ispanlar 1606 yilda oʻzlashtira boshlagan. 18-asrning 60—80-yillarida orollarni inglizlardan D. Bayron, D. Gilbert va D. Marshall tadqiq qildi. Rus den-gizchisi A. Kruzenshtern orollarga Gilbert nomini berdi (inglizcha Gilbert nomini mikronezlar Kiribati tarzida talaffuz qiladilar). 1892—1915 yillarda Kiribati Tuvalu (Ellis orollari) bilan birga Buyuk Britaniya protektorata, soʻngra mustamlakasi boʻlgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Yaponiya bosib oldi (1941—43 yillarda). Urushdan keyin yana inglizlar hukmronligi tiklandi. Aholining siyosiy huquklar va mustaqillik yoʻlidagi koʻrashi Britaniya maʼmurlarini Kiribati mustamlaka boshqaruvi tizimini bir necha bor isloh qilishga majbur etdi. 1972 i.ga qadar orollar Gʻarbiy Okeaniyadagi ingliz oliy komissari (rezident-komissar) tomonidan boshqarildi, soʻngra mustamlaka gubernatori lavozimi joriy etildi. 1975 yilda Ellis orollari Kiribatidan ajralib chikdi. 1977 yil 1 yanvarda Kiribatiga ichki oʻzoʻzini boshqarish xuquqi berildi. 1979 yil 12 iyulda mustaqillik eʼlon qilindi. Kiribati 1999 yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 12 iyul — Mustaqillik kuni (1979).

Siyosiy partiyasi va kasaba uyushmasi. Milliy taraqqiyparvar partiya. Kiribati Kasaba uyushmalari kongressi, 1982 i. tashkil etilgan va 12 tarmoq kasaba uyushmalarini birlashtiradi.

Iqtisodiyot[tahrir]

Iqtisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi. Kokos palmasi, taro, banan, non daraxti oʻsadi. Meva va sabzavot yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan. Sanoati mayda hunarmandchilik korxonalaridan iborat; ular kokos yogʻi, mebel, esdalik sovgʻalari ishlab chiqaradi, balik, toʻzlaydi. Orollarga yiliga 1,5 ming sayyoh kelib ketadi. Ta-rava atollida dengiz porti bor. Avtomobil yoʻllari oʻz. — 640 km (Taravada). Eksport tushumlarining 75% kopra (kokos yongʻogʻining magʻzi) sotishdan olinadi. Chetdan oziqovqat, yoqilgʻi, sanoat mollari, transport vositalari sotib olinadi. Savdosotiqdagi asosiy mijozlari: Avstraliya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya. Pul birligi — avstraliya dollari. Taravada texnologiya instituti, ped. kolleji va dengizchilik maktabi bor. Ingliz va kiribati tillarida "Te Uyekera" haftalik gaz. va mahalliy tilda "Te Iton ni Kiribati" hamda "Te Kaotan te Ota" oynomalari nashr etiladi. Kiribati radiosi (1954 yildan) va televideniyesi mavjud.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil