Kontent qismiga oʻtish

Käthe Leichter

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Käthe Leichter
Tavalludi 1895-yil 20-avgust
Vafoti 1942-yil fevral
Bernburg, Germaniya
Fuqaroligi Avstriya va Cisleithania
Kasbi iqtisodchi, jurnalist, siyosatchi

Marianne Katharina „Käthe“ Leichter (1895-yil 20-avgust, Vena, Avstriya – 1942-yil fevral) – avstriyalik yahudiy iqtisodchi, ayollar huquqlari faoli, jurnalist va siyosatchi. Avstriya Sotsial-Demokratik Partiyasi va Vena Mehnat Palatasining aʼzosi boʻlgan. Natsistlar rejimi davrida Ravensbryuk konslagerida hibsga olingan va 1942-yilda Bernburg Evtanaziya markazida gaz bilan oʻldirilgan.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Leichterning tavallud paytidagi ismi Marianne Katharina Pick boʻlgan. 1895-yilda Vena shahrida yahudiylar huquqshunos Josef Pick (1849-yil, Náchod – 1926-yil) va Charlotte „Lotte“ Rubinstein (1871-yil, Galats – 1939-yil) oilasida dunyoga kelgan[1][2]. Leichterning katta singlisi avstriya-amerikalik kompozitor va musiqa terapevti Vally Weigl boʻlgan.

Käthe 1914-yilda Beamten-Töchter litseyini tamomlagan va keyinchalik Vena universitetida siyosatshunoslik boʻyicha oʻqishni boshlagan. Oʻsha paytda avstriyalik ayollarga oliy oʻquv yurtini tugatish huquqi berilmaganligi sababli 1917-yilda Germaniyaning Heidelberg universitetiga oʻqishini koʻchirgan. 1918-yilning iyul oyida oʻqishni tugatgan va Vena shahriga qaytib, oʻqishni universitetda yana ikki semestr davom ettirgan[3].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Feuerhalle Simmering, Leichterlar oilasi qabri.

Leichter 1921-yilda sotsialist va jurnalist Otto Leichter [de] bilan oila qurgan. Ularning birinchi oʻgʻli Heinz 1924-yilda, ikkinchi oʻgʻli Franz esa 1930-yilda dunyoga kelgan[4].

Siyosiy taʼqib va oʻlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1934-yilning fevral oyida Avstriyada SDAPÖ (nemischa: Sozialdemokratische Arbeiterpartei Österreichs ; tarjimasi „Sotsial-demokratik ishchilar partiyasi“) faoliyati taqiqlab qoʻyildi. Shundan soʻng Leichter Revolutionäre Sozialisten (Inqilobiy sotsialistlar) nomli yer osti sotsialistik tashkilotiga qoʻshildi[5]. 1934-yilda u va eri Otto Leichter vatanidan 6 oyga Syurixga koʻchib oʻtishdi, ammo Leichter „Inqilobiy sotsialistlar“ning taʼlim boʻyicha raisi etib saylangach, er-xotin Vena shahriga qaytib keldi. Leichter anti-fashistik risolalar yozgan va xorijda Maria Mahler va Anna Gärtner taxalluslari bilan oʻz maqolalarini nashr ettirgan[6]. Natsistlar partiyasi 1938-yilda Anshlyusda Avstriyani istilo qilganida, Leichter oilasi bilan Avstriyadan qochishga urindi. Garchi uning oilasi vatanidan qochishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa-da, Leichterning oʻzi 1938-yil 30-mayda Vena shahrida Gestapo tomonidan hibsga olindi va keyinchalik qamoqqa tashlandi. 1940-yilda esa Ravensbrück konsentratsion lageriga joʻnatildi va 1942-yil boshlarida Bernburg Evtanaziyasi markazida gaz bilan oʻldirildi[5].

1949-yilda Vena shahrining Hietzing tumanida joylashgan koʻchaga Käthe-Leichter-Gasse nomi berilgan[7]. Shu bilan birga, Avstriya hukumati har yili bir nafar ayol tarixchiga topshiradigan mukofot ham Käthe Leichter xotirasiga bagʻishlangan[8].

  1. geni.com
  2. Hauch, Gabriella. Biographical Dictionary of Women's Movements and Feminisms in Central, Eastern, and South Eastern Europe: 19th and 20th Centuries de Haan: . Central European University Press, 2006 — 286–289-bet. ISBN 978-963-7326-39-4. 
  3. Lacina. „Leichter, Käthe, geborene Pick“ (German). Neue Deutsche Biographie (1985). Qaraldi: 2015-yil 1-sentyabr.
  4. Hauch, Gabriella. Biographical Dictionary of Women's Movements and Feminisms in Central, Eastern, and South Eastern Europe: 19th and 20th Centuries de Haan: . Central European University Press, 2006 — 286–289-bet. ISBN 978-963-7326-39-4. 
  5. 5,0 5,1 Hauch, Gabriella. Biographical Dictionary of Women's Movements and Feminisms in Central, Eastern, and South Eastern Europe: 19th and 20th Centuries de Haan: . Central European University Press, 2006 — 286–289-bet. ISBN 978-963-7326-39-4. 
  6. Lacina. „Leichter, Käthe, geborene Pick“ (German). Neue Deutsche Biographie (1985). Qaraldi: 2015-yil 1-sentyabr.
  7. Exenberger. „Käthe Leichter (1895 - 1942)“ (German). Documentation Centre of Austrian Resistance. Qaraldi: 2015-yil 1-sentyabr.
  8. Freidenreich, Harriet (1 March 2009). "Käthe Leichter". Jewish Women: A Comprehensive Historical Encyclopedia. Jewish Women's Archive. http://jwa.org/encyclopedia/article/leichter-kaethe. Qaraldi: 1 September 2015.