Kontent qismiga oʻtish

Jyoti Amge

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jyoti Amge
Tavalludi 1993-yil 16-dekabr (1993-12-16) (32 yosh)[1]
Nagpur, Maharashtra, Hindiston
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Model, aktrisa
Amge Guinness rekordlar kitobi xodimlari tomonidan oʻlchanishi

Jyoti Kishanji Amge (1993-yil 16-dekabrda tugʻilgan) — Guinness rekordlar kitobiga koʻra dunyodagi eng past boʻyli ayol sifatida tanilgan hind aktrisasi[2][3][4].

2011-yil 16-dekabrda Amge 18 yoshga to‘lgandan so‘ng u Guinness rekordlar kitobi tomonidan rasman dunyodagi eng past bo‘yli ayol deb eʼlon qilingan, boʻyi 62.8 centimetr (2 ft 34 in)ni tashkil qiladi[5][6]. Uning boʻyining cheklanganligi ibtidoiy mittilik deb ataladigan genetik kasallik bilan bogʻliq hisoblanadi[7].

Amge 2009-yilda Body Shock: Two Foot Tall Teen nomli hujjatli filmda rol ijro etgan[5]. U, shuningdek, Bigg Boss 6 (Katta Xoʻjayin 6), Hindiston telekoʻrsatuvida mehmon ishtirokchisi edi. 2014-yil 13-avgustda u American Horror Story: Freak Show (Amerika qoʻrqinchli hikoyasi: Gʻaroyib tomosha) filmining toʻrtinchi mavsumida Ma Petite (Kichik xonim) rolini oʻynagan[5].

2012-yilda u dunyodagi eng past boʻyli erkak nepallik Chandra Bahadur Dangi bilan uchrashdi. Juftlik Guinness rekordlar kitobining 57-nashrida birga suratga tushishgan[8].

OAVdagi chiqishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amge, Teo Mammucari, mashhur italiyalik teleboshlovchi bilan birgalikda 2012-yilda Italiyaning Canale 5 kanalida Lo show dei recordni (Rekordlar namoyishi) oʻtkazishgan.

2014-yil avgust oyida Amge American Horror Story: Freak Show (Amerika qoʻrqinchli hikoyasi: Gʻaroyib tomosha) filmida rol o‘ynadi, u yerda u 2014-yil 8-oktyabrda premyerasida Ma Petite (Kichik xonim)[9] rolini ijro etgan.

Lonavalaning Mum muzeyidagi Jyoti Amge haykali.

Uning mum haykali Lonavaladagi Mashhurlar mum muzeyida ham mavjud[10].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmlar va televizion chiqishlar roʻyxati
Yil Sarlavha Rolda Izohlar
2009 Body Shock Oʻzi Epizod: „Two Feet High Teen“ (2 futli oʻsmir)
2012—2013 Bigg Boss 6 (Katta Xoʻjayin 6) Oʻzi Mehmon sifatida
2014—2015 American Horror Story: Freak Show (Amerika qoʻrqinchli hikoyasi: Gʻaroyib tomosha) Ma Petite (Kichik xonim) 12-qismlarda
2018 Maatharam Qisqa metrajli film
2020 Dunyodagi eng kichkina ayol: Jyoti bilan tanishing Oʻzi TLC tarmogʻi, 2020-yil iyul oyida efirga uzatilgan

Ijtimoiy yordam

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amge Hindistonda COVID-19 qatʼiy izoltasiylash paytida Hindiston fuqarolarini uyda qolishga chorlash uchun Nagpur politsiyasi bilan hamkorlikda ishtirok etgan[11].

Eng kichkina va eng katta

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil noyabr oyida Londonda Rumeysa Gelgi va Jyoti Amji uchrashib, birgalikda fotosessiyada ishtirok etishgan. Ushbu uchrashuvda ular o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, umumiy qiziqishlari haqida suhbatlashishgan. [

  1. „New world's smallest woman: Ten things you need to know about Jyoti Amge“. Guinness World Records (2011-yil 14-dekabr). — „Born on 16 December 1993 (28), in Jaipur Jyoti measures 61.95 cm (2 ft) tall“. Qaraldi: 2015-yil 16-dekabr.
  2. „Tiny Teenager Stands Tall Despite Her Height of 23 Inches“. foxnews.com. Fox News Channel (2008-yil 9-aprel). Qaraldi: 2008-yil 20-iyul.
  3. „World's shortest woman appeals to Indians to observe coronavirus lockdown - Jyoti Amge, 26, who is 62.8 cm tall, took to the streets of Nagpur to urge compliance“. The Guardian (2020-yil 13-aprel).
  4. „Guinness World Records recognises Edward Niño Hernández as the world's shortest man“. Gulf Today.
  5. 1 2 3 Chaturvedi, Swati. „Stay home, bond with family, urges Jyoti Amge, world's shortest woman“ (en). Hindustan Times (2020-yil 17-aprel).
  6. „Prajakta Mali enjoys a fangirl moment with World's shortest woman Jyoti Amge; read post - Times of India“ (en). The Times of India (2020-yil 6-mart).
  7. „Meet the World's Shortest Woman: 26-Year-Old Actress Jyoti Amage“ (EN). PEOPLE.com. Qaraldi: 2021-yil 10-fevral.
  8. „World's shortest man, woman meet for first time“. foxnews.colom (2012-yil 29-avgust). Qaraldi: 2013-yil 13-mart.
  9. Bucksbaum, Sydney. „Meet American Horror Story: Freak Show's Newest Addition: Jyoti Amge, the World's Smallest Woman!“. E! (2014-yil 13-avgust). Qaraldi: 2014-yil 14-avgust.
  10. Service. „Heads turn as worlds smallest woman Jyoti Amge arrives to vote in Nagpur“ (en). Tribuneindia News Service. Qaraldi: 2021-yil 16-mart.
  11. „Gandhigiri to corona helmet: Cops get creative to keep people indoors“. The Economic Times (2020-yil 15-aprel).