Gurzuvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jurzuvondan yoʻnaltirildi)

Gurzuvon, Gurzivon, Jurzuvon — Afgʻonistonning shim.da joylashgan oʻrta asrlardagi tarixiy shahar va viloyat. 10-asrda G. — mahalliy xukmdorlarning yozgi qarorgohi. G. shahri togʻlar orasida joylashganligi tufayli iqlimi juda sogʻlom va musaffo boʻlgan. 12-asrda mustahkam qalʼaga ega G. va uning atrofidagi togʻ dovonlari Makkani eslatgan. 10-asrda G.da koʻplab miqdorda yaxshi "nabiz", yaʼni vino ichimligi tayyorlangan. Muhammad Xorazmshohning (13-asr boshi) G.da oʻz zarbxonasi boʻlgan. G.da Gʻuriylarnmng "malik" unvoniga ega boʻlgan noiblari turishgan. Ulardan biri — Husayn Harmil gʻuriylar qoʻshinining ilgʻoriga qoʻmondonlik qilgan. 15—18-asr birinchi yarmida G.ga koʻplab yirik qishloqlar tobe boʻlgan. Oʻrta Osiyoga Shapboniyxon qoʻshinlari bostirib kirganda (1503) Husayn Boyqaro oʻgʻli Badiuzzamon mirzoga G.ni mustahkamlash zarurligi haqida noma yuborgan. Nodir Muhammadxon davrida (1631) G. Abdulaziz sultonga tegishli mulk (iqto) boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toharistana po araboyazimnim istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.