Jund al-Urdunn
Jund al-Urdunn | |||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
viloyat Umaviylar, Abbosiylar va Fotimiylar xalifaliklari | |||||||||||
630-yillar–XI asr oxiri | |||||||||||
![]() IX asrda Abbosiylar xalifaligi davrida Arab Suriyasi (Bilod ash-Shom) va uning viloyatlari | |||||||||||
Maʼmuriy markaz | Tiberias | ||||||||||
Tarixi | |||||||||||
• Tashkil etilgan |
630-yillar | ||||||||||
• Saljuqiylar hujumlari, Birinchi salib yurishi |
XI asr oxiri | ||||||||||
| |||||||||||
Hozirda tarkibida | Isroil Iordan daryosining Gʻarbiy sohili Iordaniya Livan |
Jund al-Urdunn (arabcha: جُـنْـد الْأُرْدُنّ; tarjimasi „Iordaniya harbiy tumani“) – ilk islom davrida Bilod ash-Shom (Islomiy Suriya)hududining beshta harbiy-maʼmuriy okrugidan biri. Roshidun xalifaligi davrida tashkil etilgan boʻlib, Umaviylar va Abbosiylar xalifaliklari hukmronligi davomida poytaxti Tiberias shahri boʻlib qolgan. Mazkur okrug janubiy Jabal Lubnon togʻlari, Galileya, janubiy Havron, Golan tepaliklari va sharqiy Iordaniya vodiysining katta qismini (ayniqsa, shimoliy hududlarini) oʻz ichiga olgan[1].
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galileya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Galileya IX asr arab geografi Yaʼqubiy (vafoti: 891-yil) tomonidan „Jabal al-Jalil“ deb atalgan boʻlib, tarixchi ushbu hududda Banu Amila qabilasi arablari yashaganini qayd etgan[2]. Michael Ehrlichning taʼkidlashicha, gʻarbiy va quyi Galileya aholisi ilk islom davridayoq, asosan, islom dinini qabul qilgan boʻlsa-da, sharqiy Galileyada islomlashuv jarayoni biroz uzoqroq davom etgan va Mamluklar davriga qadar choʻzilgan[3].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Le Strange, G.. Palestine Under the Moslems: A Description of Syria and the Holy Land from A.D. 650 to 1500. London: Committee of the Palestine Exploration Fund, 1890 — 30–39-bet. OCLC 1004386.
- ↑ Strange, le, G.. Palestine Under the Moslems: A Description of Syria and the Holy Land from A.D. 650 to 1500. Committee of the Palestine Exploration Fund, 1890 — 77-bet.
- ↑ Ehrlich, Michael. The Islamization of the Holy Land, 634-1800. Leeds, UK: Arc Humanities Press, 2022 — 59–75-bet. ISBN 978-1-64189-222-3. OCLC 1302180905.