Junchoʻp

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Juncho'pdan yoʻnaltirildi)

Junchoʻp (Scorzonera circumflexa) — qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Ildizi tuganaksimon yoʻgʻonlashgan, 1—3 poyali, mayin qoʻngʻir tuklar bilan qoplangan. Bargi nashtarsimon, dagʻal. Toʻpguli silindrsimon. Apr.—mayda gullaydi. Oʻzbekistonning togʻ yon bagʻirlarida koʻp oʻsadi. Tarkibida kauchuk bor. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil