Junayd ibn abdurahmon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Junayd Ibn Abdurahmondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Junayd ibn abdurahmon (?734) — umaviylarnnng Xurosondagi noibi (729—734, Marv). Xalifa Yazid II ibn Abdulmalik (720—724) davrida xalifalikning Hindistondagi islom mulklarini idora qilgan. 724 y. Hishom ibn Abdulmalik xalifa boʻlgach, uni Xuroson noibi etib tayinlagan. J. i. A. 730 y. besh yuz askar bilan Xurosonga kelib, ayni vaqtda Buxoro va Sugʻd ahliga qarshi jang qilayotgan sobiq Xuroson noibi Ashras ibn Abdullohdan harbiy yordam oldi. Soʻng , u Xuroson tomon yoʻlga chiqqan turk xoqoni bilan Hind daryosi boʻyida jang qilib, uni yengdi va koʻplab oʻljalar oldi. 731 y. xoqon yana Xurosonga yurish qildi. Shunda J. i. A. Samarqand hokimi Savra ibn al-Hurr ad-Dorimiydan madad olib, uni tor-mor keltirdi. Samarkand va Buxoro J. i. A. tasarrufiga oʻtdi. J. i. A. xalifa Hishom ibn Abdulmalik bilan oralari kelishmay qolgani bo-isidan 734 y. amaldan tushirilib, oʻsha yili vafot etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil