Toʻxtamurod Jumayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Toʻxtamurod Murtazoyevich Jumayev (1945-2021-yy.)Oʻzbekiston xalq oʻqituvchisi,“El-yurt hurmati” ordeni va “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi. Buxoro viloyatidagi xalqaro matematika faniga ixtisoslashtirilgan “Qorakoʻl maktabi”[sayt ishlamaydi] asoschisi.

Toʻxtamurod Jumayev 1945-yil 15-avgustda Olot tumanida tugʻilgan. Buxoro pedagogika institutini matematika fakultetini 1967-yilda matematika oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.

1961-yildan Qorakoʻl tumanidagi 10-oʻrta maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi sifatida ish faoliyatini boshlagan. 1963-yildan Olot tumanidagi 3-maktab, keyinroq Qorakoʻl tumanidagi 8-maktabda matematika oʻqituvchisi, kechki maktab mudiri, direktori oʻrinbosari sifatida ishlagan. 1990—2009-yillarda Qorakoʻl tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar maktab-internatini, 2009-yillarda Buxoro Davlat Universiteti qoshidagi 3-son Qorakoʻl akademik litseyiga rahbarlik qilgan[1].

1999-yilda Oʻzbekiston matematika jamiyati aʼzoligiga qabul qilindi. T.Jumayev faoliyati davomida oʻquv-tarbiya ishlarini takomillashtirib, taʼlim sifatini yaxshilashga erishdi. Taʼlim berishda zamonaviy oʻquv qurollari va kompyuterlar asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻlladi. Toʻxtamurod Jumayev matematika fani boʻyicha bir necha didaktik qoʻllanmalar muallifi.[2]

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2019-yilda ilk marotaba Toʻxtamurod Jumaev matematika olimpiadasi tashkil qilingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yangi Oʻzbekiston - maktab ostonasidan boshlanadi [Izomaterial]: kitob-albom/Xalq taʼlimi vazirligi - Toshkent: 2021.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil