Yoʻldosh Jumaboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jumaboyev Yo`ldoshdan yoʻnaltirildi)

Jumaboyev Yoʻldosh (1932.15.2, Urganch — 1998.21.3, Toshkent) — faylasuf olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), falsafa fanlari doktori (1976), professor (1977). Xorazm davlat pedagogika institutini tugatgan (1954). Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida kafedra mudiri (1965—78), Oʻzbekiston oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligida boshqarma boshligʻi (1978—98). Ilmiy ishlari Oʻrta Osiyo falsafiyaxloqiy fikrlar tarixi va hozirgi zamon axloqshunosligiga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Oʻrta Osiyo etika tarixi ocherklari, T., 1980; Oʻzbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan, T., 1997.