Kontent qismiga oʻtish

Juma-Jome masjidi

Koordinatalari: 45°11′45″N 33°22′38″E / 45.19583°N 33.37722°E / 45.19583; 33.37722
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Juma-Jome masjidi
ukraincha: Мечеть Джума-Джамі; qrim tatarcha: Cuma Cami; ruscha: Мечеть Джума-Джами; turkcha: Cuma Han Camii
Mamlakat  Qrim
Shahar Yevpatoriya
Koordinatalar 45°11′45″N 33°22′38″E / 45.19583°N 33.37722°E / 45.19583; 33.37722
Yoʻnalishi sunniylik
Meʼmor Xoʻja Sinon
Asosiy sana:
1564-yil
Gumbaz balandligi 20 metr
Gumbaz yoʻgʻonligi 6 m (20 ft)
Minoralar soni 2
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 35 metr

Juma-Jomi masjidi, (ukraincha: Мечеть Джума-Джамі; qrim tatarcha: Cuma Cami; ruscha: Мечеть Джума-Джами; turkcha: Cuma Han Camii) Juma masjidi sifatida ham tanilgan, Qrimning Yevpatoriya shahrida joylashgan[1]. 1552—1564-yillarda qurilgan bu masjid Usmonli meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan.

Juma-Jome masjidi Qrimning eng katta masjidi boʻlib, 1552-yilda Xon Davlatgaray tomonidan barpo etilgan. Xon masjidni qurish uchun Istanbul meʼmori Xoʻja Sinonga (1489–1588) topshiriq bergan[2]. Sinon Usmonli imperiyasining bosh meʼmori edi. U Istanbuldagi Sinan posho masjidi va Shahzoda masjidini loyihalashtirgan. Juma-Jome masjidining qurilishi uzoq davom etgan. Oʻsha paytda Meʼmor Sinan Istanbuldagi Sulaymoniya masjidining qurilishi bilan band edi. Ivan Grozniy bilan boʻlgan urush tufayli masji qurilishida moliyaviy qiyinchiliklar paydo boʻlgan va qurilish yakuniga yetishi uchun uzoq vaqt ketgan.

Masjid binosi vaqt oʻtishi bilan yaxshilanib borilgan. 1740—1743-yillarda masjid qayta qurilib, asosiy binosi tiklangan. 1758—1769-yillarda masjidning gʻarbiy tomoni rasmlar bilan bezatilgan[3].

  1. „Yevpatoria : The Juma-Jami Mosque“ (en). discover-ukraine.info. Qaraldi: 2023-yil 17-mart.
  2. Pleshakov, Konstantin. The Crimean Nexus: Putin's War and the Clash of Civilizations (en). Yale University Press, 2017-01-01 — 72-bet. ISBN 978-0-300-21488-8. 
  3. Sementsov, Sergey. Reconstruction and Restoration of Architectural Heritage (en). CRC Press, 2020-09-24 — 77-bet. ISBN 978-1-000-32978-0.