Julián de Guzmán

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Julián Bobby de Guzmán (talaffuzi: Julian de Guzman; 1981-yil 25-martda Torontoda tugʻilgan) — kanadalik futbolchi, yarim himoyachi „Deportivo La Coruña“, „Hannover 96“, „Toronto“ futbol klublari va Kanada terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan.

Julian de Guzman
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Julian Bobby de Guzman
Tavallud sanasi 25-mart 1981-yil (1981-03-25) (42 yosh)
Tavallud joyi Kanada
Boʻyi 1.70 m
Ampluasi hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994—1997 North Scarborough SC
1997—2000 Marseille
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2000—2001 1. FC Saarbrücken II 30 (5)
2001—2002 1. FC Saarbrücken 21 (0)
2002—2005 Hannover 96 78 (2)
2005—2009 Deportivo La Coruña 97 (1)
2009—2012 Toronto FC 65 (2)
2012 FC Dallas 12 (1)
2013 Jahn Regensburg 15 (0)
2013—2014 Skoda Xanthi 26 (0)
2015—2016 Ottawa Fury 26 (0)
Milliy terma jamoa
1999—2001 Kanada U20 13 (4)
2002—2016 Kanada 89 (4)
Boshqargan klublari
2017 Ottawa Fury
2017 Ottawa Fury
2017—2019 Ottawa Fury
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1997-yilda u Fransiyaga koʻchib oʻtgan va u yerda 2000-yilgacha „Marseille“ yoshlar jamoasida oʻynagan. 2000-yilda oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun, Julián Germaniya ikkinchi divizionidagi „Saarbrucken“ futbol klubiga oʻtgan[1].

2009-yil sentyabr oyida Julián de Guzmán „Toronto“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan[2].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda Julián de Guzmán Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Kanada yoshlar terma jamoasi safida debyut qilgan. 2002-yil yanvar oyida Julián de Guzmán Kanada jamoasining CONCACAF oltin kubogi uchun tarkibiga kiritilgan. 26-yanvar kuni Martinika terma jamoasiga qarshi oʻyinda u terma jamoa safida debyut qilgan[3]. Shuningdek, Julián de Guzmán Janubiy Koreyaga qarshi bahsda maydonga tushgan[4].

2007-yilda Julián de Guzmán ikkinchi marta CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[5][6]. Turnirda u Kosta-Rika, Gvadelupa, Gaiti, Gvatemala va AQSH terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7]. Kosta-rikaliklarga qarshi kechgan bahsda Julián de Guzmán terma jamoadagi ilk gollarini urib, „dubl“ga erishgan[8]. Musobaqa natijalariga koʻra u turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[9].

2009-yilda Julián de Guzmán uchinchi marta CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[10][11]. Turnirda u Salvador, Yamayka va Gonduras terma jamoalariga qarshi oʻynagan[12].

2011-yilda Julián de Guzmán toʻrtinchi bor CONCACAF oltin kubogi uchun daʼvogarga kiritilgan[13]. Turnirda u Panama va Gvadelupa bilan oʻyinlarda ishtirok etgan[14].

2013-yilda Julián de Guzmán CONCACAF oltin kubogiga beshinchi marta ishtirok etgan[15][16]. Turnirda u Martinika, Meksika va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[17].

2015-yilda Julián de Guzmán terma jamoaning CONCACAF oltin kubogi bahslariga boradigan tarkibiga kiritilgan[18]. Turnirda Julián de Guzmán Kosta-Rika va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[19].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum Oʻyin Gol Uzatma
Saarbrücken II Olmoniya bayrogʻi Germaniya 2000—2001 31 5 0
Saarbrücken Olmoniya bayrogʻi Germaniya 2001—2002 22 0 1
Hannover 96 Olmoniya bayrogʻi Germaniya 2002—2005 84 2 5
RC Deportivo Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 2005—2009 110 1 2
Toronto Kanada bayrogʻi Kanada 2009—2012 93 3 7
Dallas AQSH bayrogʻi AQSh 2012 12 1 1
Jahn Regensburg Olmoniya bayrogʻi Germaniya 2013 15 0 0
Xanthi Yunoniston bayrogʻi Gretsiya 2013—2014 29 1 2
Ottawa Fury Kanada bayrogʻi Kanada 2015—2016 28 0 1
Jami 2000—2016 424 13 19

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Play Bio“. Julain De Guzman Bio (1-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 1-dekabr 2011-yil.
  2. „Джулиан Де Гузман подписал контракт с «Торонто»“ (ru). sports.ru (12-iyul 2009-yil). 5-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-oktyabr 2017-yil.
  3. „Канада VS. Мартиника 1:1“ (en). soccerway.com (26-yanvar 2002-yil). 5-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  4. „Канада VS. Южная Корея 2:1“ (en). soccerway.com (2-fevral 2002-yil). 5-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  5. „Канада VS. Гватемала 3:0“ (en). soccerway.com (16-iyun 2007-yil). 22-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  6. „Канада VS. Гваделупе 1:2“ (en). soccerway.com (9-iyun 2007-yil). 22-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  7. „Гаити VS. Канада 0:2“ (en). soccerway.com (11-iyun 2007-yil). 30-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  8. „Коста-Рика VS. Канада 1:2“ (en). soccerway.com (6-iyun 2007-yil). 22-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  9. „Канада VS. США 1:2“ (en). soccerway.com (21-iyun 2007-yil). 22-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  10. „Канада VS. Ямайка 1:0“ (en). soccerway.com (4-iyul 2009-yil). 22-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  11. „Сальвадор VS. Канада 0:1“ (en). soccerway.com (8-iyul 2009-yil). 22-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  12. „Канада VS. Гондурас 0:1“ (en). soccerway.com (18-iyul 2009-yil). 19-oktyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  13. „Канада VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (15-iyun 2011-yil). 10-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  14. „Канада VS. Гваделупа 1:0“ (en). soccerway.com (12-iyun 2011-yil). 4-oktyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  15. „Канада VS. Мартиника 0:1“ (en). soccerway.com (7-iyul 2013-yil). 6-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  16. „Мексика VS. Канада 2:0“ (en). soccerway.com (12-iyul 2013-yil). 6-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  17. „Панама VS. Канада 0:0“ (en). soccerway.com (14-iyul 2013-yil). 12-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-iyun 2016-yil.
  18. „Канада VS. Коста-Рика 0:0“ (en). soccerway.com (15-iyul 2015-yil). 6-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-avgust 2015-yil.
  19. „Ямайка VS. Канада 1:0“ (en). soccerway.com (12-iyul 2015-yil). 6-sentyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-avgust 2015-yil.