Kontent qismiga oʻtish

Julen Lopetegui

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Julen Lopetegui
Lopetegui 2017-yil Ispaniya terma jamoasida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Julen Lopetegui Argote[1]
Tavallud sanasi 28-avgust 1966-yil (1966-08-28) (58 yosh)[2]
Tavallud joyi Asteasu, Ispaniya
Boʻyi 1.85 m[2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Qatar (manager)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000 Real Sociedad
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985—1988 Castilla 61 (0)
1988—1991 Real Madrid 1 (0)
1988—1989   Las Palmas 31 (0)
1991—1994 Logroñés 107 (0)
1994—1997 Barcelona 5 (0)
1997—2002 Rayo Vallecano 112 (0)
Total 317 (0)
Milliy terma jamoa
1985 Ispaniya U21 1 (0)
1994 Ispaniya 1 (0)
1993—2000 Basklar mamlakati 3 (0)
Boshqargan klublari
2003 Rayo Vallecano
2008—2009 Real Madrid B
2010–—2013 Ispaniya U19
2010—2014 Ispaniya U20
2012—2014 Ispaniya U21
2014—2016 Porto
2016—2018 Ispaniya
2018 Real Madrid
2019—2022 Sevilla
2022—2023 Wolverhampton Wanderers
2024—2025 West Ham United
2025— Qatar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Julen Lopetegui Argote (1966-yil 28-avgustda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchidir. Hozirda u Qatar milliy terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

U darvozabon sifatida toʻqqiz mavsum davomida La Ligada 149 ta oʻyin oʻtkazib, musobaqada „Real Madrid“, „Logronyes“, „Barcelona“ va „Rayo Vallecano“ jamoalari safida toʻp surgan. Bundan tashqari, uchta klub tarkibida Segunda divizionida 168 ta oʻyin oʻtkazgan, Ispaniya terma jamoasi uchun bir marta maydonga tushgan va 1994-yilgi Jahon chempionatida terma jamoa aʼzosi boʻlgan.

Lopetegi 2003-yilda murabbiylik faoliyatini boshlab, bir necha yil davomida Ispaniyaning yoshlar terma jamoalarini boshqargan. U 19 yoshgacha va 21 yoshgacha boʻlgan jamoalarni Yevropa chempionligiga olib chiqqan. Ikki yil davomida milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida ishlagan, biroq 2018-yilgi Jahon chempionati boshlanishidan oldin, turnirdan soʻng „Real Madrid“ga oʻtishi haqidagi kelishuv maʼlum boʻlgach, lavozimidan chetlashtirilgan. Klub futbolida u „Rayo Vayekano“, „Castilla“, „Porto“, „Real Madrid“, „Sevilla“, „Wolverhampton Wanderers“ va „West Ham United“ jamoalarini boshqargan. „Sevilya“ jamoasi bilan 2020-yilgi Yevropa ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Boshqaruv uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lopetegi bilan „Sevilya“da birga ishlagan sport direktori Monchi uni har qanday murabbiy uchun muhim boʻlgan uchta fazilatga ega deb taʼriflagan: yuqori kasbiy mahorat, raqobatbardoshlik va jamoani boshqarish qobiliyati. Shuningdek, u Lopetegining yirik klublarda ishlashga mosligini taʼkidlab, shunday degan: „Julen katta klubga nima kerakligini juda yaxshi tushunadi. Uning oʻz talablari bor, albatta, lekin bu tabiiy holat va u doimo klub bilan hamohang ishlaydi. U talabchan, ammo bu faqat uni tayinlaganlar manfaati uchun, shaxsiy manfaatdorlik tufayli emas“[3] .

Murabbiylik statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2025-yil 5-iyunga oid statistika
Jamoalar va boshqaruv muddati boʻyicha murabbiyli natijalari
Jamoa Dan Gacha Natijalar
D M UG OʻG GF Gʻal%
Rayo Vallecano 2003-yil 1-iyul 2003-yil 3-noyabr 11 2 2 7 10 17 −7 018 [4]
Real Madrid B 2008-yil 1-iyul 2009-yil 30-iyun 38 18 9 11 60 45 +15 047 [4]
Ispaniya U19-U20-U21 2010-yil 1-avgust 2014-yil 30-aprel 45 38 3 4 131 48 +83 084 [4]
Porto 2014-yil 1-iyul 2016-yil 7-yanvar 78 53 16 9 159 54 +105 068 [5]
Ispaniya 2016-yil 21-iyul 2018-yil 13-iyun 20 14 6 0 61 13 +48 0100 [4]
Real Madrid 2018-yil 1-iyul 2018-yil 29-oktyabr 14 6 2 6 21 20 +1 043 [4]
Sevilla 2019-yil 5-iyun 2022-yil 5-oktyabr 170 90 44 36 247 163 +84 053 [6]
Wolverhampton Wanderers 2022-yil 14-noyabr 2023-yil 8-avgust 27 10 6 11 28 38 −10 037 [5]
West Ham United 2024-yil 1-iyul 2025-yil 8-yanvar 22 7 5 10 26 44 −18 032 [5]
Qatar 2025-yil 1-may Hozirgacha 1 1 0 0 1 0 +1 100 [5]
Faoliyat statistikasi 426 238 94 94 740 439 +301 056

Futbolchi sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Real Madrid

  • La Liga gʻolibi: 1989–90[7]

Barselona

  • Ispaniya Superkubogi gʻolibi: 1994[8], 1996[9]

Ispaniya U20 terma jamoasi

  • FIFA Yoshlar jahon chempionati ikkinchi oʻrin sohibi: 1985[10]

Murabbiy sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sevilya

  • UEFA Yevropa ligasi gʻolibi: 2019–20

Ispaniya U19 terma jamoasi

  • UEFA 19 yoshgacha boʻlganlar Yevropa chempionati gʻolibi: 2012

Ispaniya U21 terma jamoasi

  • UEFA 21 yoshgacha boʻlganlar Yevropa chempionati gʻolibi: 2013
  1. „Agreement with Julen Lopetegui for three season deal in the Sevilla FC dugout“. Sevilla FC (2020-yil 1-iyun). Qaraldi: 2024-yil 21-dekabr.
  2. 2,0 2,1 „Julen LOPETEGUI Argote“ (es). Qaraldi: 2019-yil 24-sentyabr.
  3. Bettoni, Lorenzo „Aston Villa director Monchi explains why Milan should hire Lopetegui“. Football Italia (2024-yil 28-aprel). Qaraldi: 2024-yil 24-may.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Julen Lopetegui menejer profili BDFutbol saytida
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 Julen Lopetegui murabbiylik profili Soccerway saytida
  6. „First team: results“. Sevilla FC. Qaraldi: 2019-yil 7-noyabr.
  7. Villalobos, Fran. „El día que Julen Lopetegui defendió la portería del Real Madrid“ (es) (2018-yil 12-iyun). Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.
  8. Aguilar, Francesc. „El Barça paga un precio muy alto“ (es) (1994-yil 31-avgust). Qaraldi: 2015-yil 1-dekabr.
  9. Serra, Josep María. „Título con súper-susto“ (es) (1996-yil 29-avgust). Qaraldi: 2018-yil 20-iyun.
  10. Díez, Óscar „España en los mundiales sub'20: URSS 1985“ [Spain in the under’20 World Cups: USSR 1985] (es). CIHEFE (2014-yil 1-noyabr). 2018-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-iyun.