Julxirs

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jul Varaqdan yoʻnaltirildi)

Julxirs, jul varaq — uzun patli (7—15 mm dan 20 mm gacha) gilam. Odatda, alohida toʻqilgan boʻlaklardan iborat; oʻrtadagi ikki boʻlakning eni 0,5 m, ikki chekkadagi boʻlakniki 0,2 m; uz. 2,0—2,5 m, eni 1,0—1,4 m. Sandal ustiga, qora uy ichidagi oʻchoq oldiga, baʼzan meqmonxonaga toʻshalgan (J.ning boʻyi 3,26 m, eni 1,07 m boʻlgan naqshli nusxasi Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida saqlanadi). J. chorvachilik bilan shugʻullangan oʻzbek koʻchmanchi qabilalarida tuya, qoʻy, echki junidan maxsus usulda toʻqilgan. Zamini toʻq rangda, naqshlari rangba-rang (qizil, sariq, koʻk va ularning tuslari hamda junning tabiiy rangi — oq, kulrang , jigarrang , qoradan iborat), mujassamotida markaziy maydon chegaralangan: naqshlar boʻyiga teng qatorlarda ingichka yoʻllar bilan ajratilgan holda joylashgan yoki ichi naqshlar bilan bezatilgan turli romb, olti, sakkiz burchakli murabbalarning bir-biri bilan tutashgan qandasiy shakllaridan iborat boʻlgan. J. boʻyiga yoʻl-yoʻl naqshli gilam — hoshiya tikilgan. Jizzax (Gʻallaorol, Baxmal va b.), Samarqand (Urgut tumani) viloyatlarida xalq ustalari tomonidan xrzir ham J. tayyorlanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Moshkova V. G., Kovri narodov Sredney Azii konsa 19-nachalo 20 vv., T., 1970.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil