Jujan xonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jujan Xonligidan yoʻnaltirildi)

JUJAN (AVAR) XONLIGI (taxminan 402555-yillar) — ilk oʻrta asrdagi jujanlar xonligi. Sharqda Koreya, shim.da Baykal koʻli, jan.da Moʻgʻuliston choʻllari, gʻarbda Qorashahargacha boʻlgan hududni egallagan. Mil. 5-asr boshlarida jujanlar xoni Shelun (Toʻlunxon (402410) tele yoxud gochi (baland qonchqiliklar, hozirgi uygʻurlar ajdodi) qabilalarini oʻz atrofiga toʻplab xonlikka asos solgan. Xulyuy (Xoʻliu 410—414) davrida esa shim.-dagi, Yenisey boʻylaridagi negu va xe-vey qabilalari buysundirilgan. J. (A).x hududi Tolan qogʻon davrida (414431) ancha kengaygan. Oʻtiya qogʻon (431444) qoʻshni Toʻbo xonligi bilan kuda tutinib, 438 y. Oltoy turklarini boʻysundirgan va ular yordamida temirdan ishlangan qurollar bilan oʻz qoʻshinini qurollantirgan.

J.(A)x. Chulun (Toʻgʻochin 444464) va Yoʻching (Uchin 464—485) qogʻonlar davrida Sharqiy Turkistondagi Qutqu hun davlatini agʻdarib (460), Turfan xonligini tiklagan va Xoʻtan viloyatiga qadar bosib kelgan (470), Toʻlunxon II (Boʻkxudu 485492) davrida J(A).x. ichki nizolar tufayli zaiflashgan, qoʻshni Baland qonchqi xonligini barpo etilishi kuchli raqib paydo boʻlganidan darak berardi. Keyinchalik eftaliylar (oq hunlar) qonchqiliklar bilan birgalikda J(A).x. bilan urush olib borgan. Oynogʻoy (Anaxuan 522—552) qogʻon turkiy qavmlar bilan boʻlgan jangda magʻlub boʻlib, oʻzini oʻzi oʻldirgan. 555 y. J(A).x. turkiylar tomonidan batamom tugatilgan. Jujanlarning bir qismi Gʻarbga yoʻl olib, Dunay daryosining oʻrta oqimi boʻylarida Avar xonligi barpo etganlar.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil