Juba (daryo)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Juba
Tavsif
Uzunligi 1 658
Suv sarfi 127 m³/s
Joylashuvi
Davlat Efiopiya va Somali
Juba (daryo)

Juba yoki JubbaAfrikaning shim.sharqidagi daryo. Efiopiya va Somali davlatlari hududidan oqib oʻtadi. Efiopiya yassitogʻligidan 3 ta irmoq bilan boshlanib Dolo sh. yonida ular qoʻshilgach, J. nomini oladi. Somali platosidan oʻtib Hind okeaniga quyiladi. Uzunligi GanaleDoriya irmogʻi bilan 1600 km, havzasining mayd. 750 ming km2. Oʻrtacha yillik suv sarfi 550 m3/ sek. Yogʻingarchilik mavsumlari (aprel— iyun, sentabr—noyabr) da Bardera sh.gacha kema qatnay oladi. Quyilish joyida Kasmayo porti (Somali) bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil