Kontent qismiga oʻtish

Juan Taduran

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Juan K. Taduran – yengil atletikaning oʻnkurash va oʻrta masofaga yugurish turlarida musobaqalarda ishtirok etgan. 1920-yillarda Osiyo oʻyinlaridan oldingi musobaqa hisoblangan Uzoq Sharq chempionati oʻyinlarida ketma-ket 3 marta oʻnkurash boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Taduran ilk bor xalqaro miqyosda 1919-yilda Manilada oʻtkazilgan Uzoq Sharq chempionati oʻyinlarida oʻzini koʻrsatgan, u yerda Xitoy vakili Chu Entedan keyin oʻnkurash bashlarida 2-oʻrinni egallagan. Sportchi 880 yard masofaga yugurish boʻyicha esa 3-boʻlib marrani bosib oʻtgan. 1921-yilda Shanxayda oʻtkazilgan musobaqada amaldagi chempion Enteni magʻlub etib, oʻnkurash boʻyicha Uzoq Sharq chempioni boʻlgan va shu orqali bu unvonga sazovor boʻlgan ikkinchi filippinlik sportchiga aylangan (birinchisi Genaro Saavedra edi).

Taduran bu unvonga yana ikki marta yaʼni 1923 va 1925-yilgi oʻyinlarda ketma-ket erishgan. Shu tariqa u sprint yoʻnalishida koʻp karra chempion boʻlgan Fortunato Catalondan keyin musobaqada bir yoʻnalishda 3 marta uzluksiz gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 2-sportchiga aylangan. Natijada Taduran musobaqa tarixida eng muvaffaqiyatli koʻp kurashchi sifatida tanildi. Sportchi 1925-yildagi soʻnggi ishtirokida 800 metrga yugurish bahsida bronza medalini qoʻlga kiritgan[1].

Yengil atletikadagi sportchilik faoliyatini toʻxtatgach, u murabbiylikka oʻtdi va 1930-yilgi Uzoq Sharq chempionati oʻyinlarida Filippin beysbol jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritdi. Biroq oʻsha musobaqada Filippin jamoasi barcha oʻyinlarda magʻlubiyatga uchragan[2].

  1. Far East Championships. GBR Athletics. Retrieved on 2015-01-14
  2. Official Programme Ninth Championship Games (yaponcha). Far Eastern Athletic Association. Retrieved on 2015-01-14.