Juan Musso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Juan Musso
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Juan Agustín Musso
Tavallud sanasi 6-may 1994-yil (1994-05-06) (29 yosh)
Tavallud joyi San Nicolás, Argentina
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Atalanta
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Racing Club
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2016—2018 Racing Club 23 (0)
2018—2021 Udinese 102 (0)
2021- Atalanta 40 (0)
Milliy terma jamoa
2012 Argentina U20
2019- Argentina 2 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(18-sentyabr uchun)

 

Juan Agustín Musso (talaffuzi: Xuan Avgustin Musso) 1994-yil 6-mayda tavallud topgan.Argentinalik futbolchi „Atalanta“ klubi va Argentina terma jamoasi darvozaboni.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juan Agustín Musso „Racing“ klubining bitiruvchisi. 2012-yilda u „Racing Club“ga koʻchib oʻtdi. Ikki yil oʻtgach, u faoliyatidagi eng yaxshi yillardan birini yakunladi. Chunki u Inferiores turnirida ikkinchi oʻrinni egalladi.

Uning debyuti Amistad kubogi doirasida „San-Martin“ga qarshi oʻyinda 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan oʻyinda boʻlib oʻtdi.

U 2017-yil 27-may kuni „San-Lorenso-de-Almagro“ga qarshi oʻyinda Agustin Orion oʻrniga rasmiy debyut qildi, u yerda yaxshi oʻyin koʻrsatdi, raqibning uchta aniq zarbasini toʻxtatdi ammo bitta gol oʻtkazib yubordi.

2012-yilda Juan Agustín Musso asosiy jamoaning tarkibiga kiritilgan. 2014-yilda Juan Agustín Musso maydonda bir daqiqa ham oʻtkazmagan boʻlsa-da, mamlakat chempioni boʻldi. 2017-yilning 28-may kuni „San-Lorenso“ga qarshi oʻyinda Argentina Primer ligasida debyut qildi[1]. Keyingi mavsumda Juan Agustín Musso klubning asosiy darvozaboni boʻldi.

2018-yilning yozida Juan Agustín Musso Italiyaning „Udinese“ jamoasiga oʻtib, besh-yillik shartnoma imzoladi[2]. 28-oktabr kuni „Genoa“ga qarshi oʻyinda Juan Agustín Musso Italiya A seriyasida debyut qildi[3].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilda Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Juan Agustín Musso Janubiy Amerikaning chempionatida ishtirok etdi. Ammo, Juan Agustín Musso turnirda zaxiradan maydonga tushirilmagan.

2019-yil 26-mart kuni Marokashga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Juan Agustín Musso Argentina terma jamoasi safida debyut qildi[4].

2019-yilning yozida Juan Agustín Musso Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogi-2019 musobaqasida ishtirok etdi. Turnirda Juan Agustín Musso zaxiradan maydonga tushmadi.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok(1) Xalqaro turnir(2) Jami(3)
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Racing ClubArgentina bayrogʻi Argentina 2016-17 1 1 1 1
2017-18 22 29 2 5 11 11 35 45
Jami 23 30 2 5 11 11 36 46
Udinese CalcioItaliya bayrogʻi Italiya 2018-19 29 40 0 0 29 40
2019-20 38 51 1 1 39 52
2020-21 35 51 1 1 36 52
Jami 102 142 2 2 0 0 104 144
AtalantaItaliya bayrogʻi Italiya 2021-22 33 42 2 3 12 19 47 64
Jami 33 42 2 3 12 19 47 64

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Расинг Авельянеда VS. Сан-Лоренсо де Альмагро 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (28-may 2017-yil). 12-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.
  2. „«Удинезе» подписал вратаря «Расинга Авельянеда» Муссо“ (ruscha). sports.ru (11-iyul 2018-yil). 22-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.
  3. „Дженоа VS. Удинезе 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (28-oktabr 2018-yil). 17-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2019-yil.
  4. „Марокко VS. Аргентина 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (26-mart 2018-yil). 11-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-noyabr 2019-yil.