Jualiy tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jualiy tumani
qoz. Жуалы ауданы
tuman
Tarkibida Janubiy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Bauirjan Momishuli
Asos solingan sanasi 1933-yil 27-dekabr
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2019) 52 169
Millatlar tarkibi Qozoqlar - 90,01%
Ruslar - 6,13%
boshqa xalqlar - 3,87%
[1][2]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Rasmiy sayti http://zhb.sko.kz
Xaritada
Jualiy tumani xaritada
Koordinatalari: 42°31′0″N 70°45′0″E / 42.51667°N 70.75000°E / 42.51667; 70.75000 G O

Jualiy tumani (qozoqcha: Жуалы ауданы) — Qozogʻiston Respublikasining janubidagi Jambul viloyatidagi maʼmuriy birlik. Maʼmuriy markazi — Bauirjan Momishuli qishlogʻi. Tumanning maydoni — 4,2 ming kv. km². Tuman hokimi — Murtazo Jalgas[3]. Ushbu tuman ikki davlat (Qirgʻiziston va Oʻzbekiston) bilan chegaradosh.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman 1933-yil 27-dekabrda Janubiy Qozogʻiston viloyati tarkibida Juvali tumani sifatida tuzilgan. 1939-yil 14-oktyabrdan Jambul viloyati tarkibida boʻlgan. 1993-yil 4-mayda Jualiy nomiga oʻzgartirildi.

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jualiy tumani Teris daryosining yuqori va oʻrta oqimini (quyi oqimi Assa deb ataladi), Jualiy togʻ tizmasining katta qismini (markaziy qismining balandligi 900 m, boshqa joylari 1200 m) egallaydi. Shimolda Qoratov tizmasi, gʻarb va janubi-gʻarbdan Boraldaytau togʻlari, janub va janubi-sharqda Talas Olatov tizmasi bilan oʻralgan. Foydali qazilmalari: koʻmir, qurilish materiallari. Yanvarning oʻrtacha harorati −2 °C, iyulniki 18 °C. Oʻrtacha yillik yogʻin 400 mm boʻlib, asosan bahorga toʻgʻri keladi. Qor qoplami taxminan 30 sm, u noyabrdan mart oyining oxirigacha davomli boʻladi. Viloyat hududidan bir nechta daryolar oqib oʻtadi: Teris, Oqsoy, Koʻksoy, Oqjar, Boralday, Qoʻshqarata va boshqalar. Teris daryosida Teris-Ashchibuloq suv ombori qurilgan. Viloyatning shimoliy qismida Bilikoʻl koʻli bor. Tuprogʻi toʻq va och jigarrang. Daryo boʻylarida shuvoq, tipchak, chalov va buta oʻsimliklari (spiraea, naʼmatak, doʻlana) oʻsadi. Togʻlarda yovvoyi olma, nok va boshqa mevali daraxtlarni uchratish mumkin. Talas Olatau togʻ yon bagʻirlari Aksu-Jabagʻli qoʻriqxonasining shimoliy qismiga toʻgʻri keladi. U yerda hayvonlardan boʻri, tulki, togʻ echkisi, choʻchqa, quyon, oʻrdak, gʻoz, qirgʻovul, keklik uchraydi; suv havzalarida — qorakoʻl baligʻi, sazan, som, karas baliqlari, marinka va boshqa koʻplab baliq turlarini uchratish mumkin.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil boshida tuman aholisi soni 52 169 nafar boʻlgan. Aholi dinamikasi :

Nomlar/Yillar 1999-yil 2000-yil 2001-yil 2002-yil
Jualiy tumani 50,4 ming 49,1 ming 49,6 ming 49,6 ming
B. Momishuli nomidagi qishloq 10,5 ming 11,9 ming 11,8 ming 11,8 ming

Maʼmuriy birligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yil boshiga kelib tuman tarkibiga 15 ta qishloq okrugi kiritiladi.

B. Momishuli qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • B. Momishuli nomidagi qishloq.

Oqsoy qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qayrat qishlogʻi
  2. Dehqon qishlogʻi

Aqtoʻbe qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bayterek qishlogʻi (oktyabr)
  2. Janatalap qishlogʻi
  3. Kurkureusu stansiyasidagi qishloq
  4. Oqtoʻgʻon qishlogʻi (Maryanovka)

Bilikoʻl qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qarabastau qishlogʻi
  2. Darbaza qishlogʻi (1-boʻlim Bilikoʻl)
  3. Jilibulaq qishlog‘i (4-bo‘lim Bilikoʻl)
  4. Abduqodir qishlog‘i (Lenin yo‘li)

Boralday qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Koʻltoʻgʻan qishlogʻi (Alekseevka)
  2. Ertay ovuli (Kenes)
  3. Risbeka botir nomidagi ovul (Shubargash)

Burnooktyabr qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nurlikent qishlogʻi (Burno-Ivanov, Burnnooktyabr)
  2. Kazbastau razyezdi
  3. Tuktibay ovuli (Gagarino)

Jetitoʻbe qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qariqoʻrgʻon qishlogʻi (Kazanka)
  2. Qo‘ng‘irto‘be ovuli (Uspenovka)
  3. Qosmurat qishlogʻi (Lyubimovka)
  4. Maybuloq qishlogʻi (Mayoq)
  5. Tasbastau qishlogʻi (Blagoveshchenka)
  6. Shinbulaq ovuli (Bratskoe)

Ko‘kbastau qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Teris qishlogʻi
  2. Baqali ovuli
  3. Koʻktoʻbe qishlogʻi (Novovoznesenovka)
  4. Qoʻsboltek ovuli (Kastalevka)

Kurenbel qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kurenbel qishlogʻi (Samsonovka)
  2. Qaratas qishlogʻi (Chapayev)

Qarasaz qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qarasaz ovuli (Petrovka)
  2. Aqbastau ovuli (Yasnaya Polyana)
  3. Jurumbay qishlogʻi (Zykovka)
  4. Qarasuv qishlogʻi (Yuryevka)
  5. Koʻktas qishlogʻi (Yusupovka)

Qoʻshqarata qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qo‘shqarata qishlog‘i (Kantemirovka)
  2. Aqtasti qishlogʻi (Nekrasovka)
  3. Qiztoʻgʻan qishlogʻi

Shaqpaqata qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Shaqpaqata (Kremenevka)
  2. Tattibay Duysebayuli ovuli (Amangeldi)
  3. Amansay qishlogʻi (Kalinino)
  4. Shaqpaq stansiyasi yaqinidagi qishloq (Choqpak)
  5. Intimaq qishlogʻi

Qizilariq qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qizariq qishlogʻi
  2. Aqtoʻbe qishlogʻi (Novopokrovka)
  3. Alatau qishlogʻi (Andreevka)
  4. Surum stantsiyasidagi qishloq
  5. Teraschibulaq qishlogʻi

Mingbuloq qishloq okrugi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kolbastau ovuli (Evgenevka)
  2. Talapti qishlogʻi

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi: vinochilik, goʻsht va sutchilik. Tumanda asosan don va yem-xashak ekinlari hamda sabzavotlar, kartoshka, poliz ekinlari yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy, echki, ot kabilar boqiladi. Tuman hududidan „Toshkent — ​​Olmaota“ temir yoʻli hamda „Toshkent — ​​Olmaota“, „Bauyrjon Momishuli-Qoʻshqoʻrata“ avtomobil yoʻllari oʻtgan.

Tumandan yetishib chiqqan taniqli shaxslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Karim Bayaliev (1927-yilda tugʻilgan), yozuvchi, jurnalist.
  • Bauirjon Momishuli (1910—1982) — Sovet Ittifoqi Qahramoni, Moskva jangi qatnashchisi.
  • Baxitjan Ertaevich Ertaev (1952-yilda tugʻilgan), Qozogʻiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi, general-leytenant.
  • Abzal Saparbekuli — Qozogʻiston elchisi.
  • Azimsharov Alixan Azimsharovich (1949-yil) — Terapevt.
  • Chingisboyeva Oltinkul Jursinaliyeva (1948-yil) — feldsher- akusher.
    • Sherxon Murtazo (1932—2018) — yozuvchi, jamoat arbobi, Qozogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Qozogʻiston xalq yozuvchisi.
    • Mirazova Ayagul Toreevna (1948-yil) — Qozogʻiston Mehnat Qahramoni, Qozogʻiston SSR xalq taʼlimi aʼlochisi, pedagogik mehnat faxriysi, Olmaota shahri faxriy fuqarosi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu maqolani yozishda „Qozogʻiston. Milliy entsiklopediya“ kitobi (1998—2007) hamda Creative Commons BY-SA 3.0 Unported litsenziyasi ostida „Qozoq entsiklopediyasi“ tahririyati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlardan foydalanilgan.