Jozefson effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jozefson effekti - oʻta oʻtka zuvchanlik tokining ikkita oʻta oʻtkazgichni ajratib turadigan yupqa oʻtishi. Oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasi asosida B. D. Jozefson oldindan aytib bergan (1962). Uni AKD1 fiziklari P. Anderson va J. Rouell kashf etganlar (1963). Dielektrik (odatda ~10A qalinlikdagi metall oksidi)da elektron oʻtkazuvchanlik tunnel effekti tufayli roʻy beradi. Agar dielektrik qatlam orqali oʻtgan tok kritik qiymati (biror maʼlum kattalik)dan ortiq boʻlmasa, kontaktda kuchlanish pasaymaydi, tok kritik qiymatdan katta boʻlsa, kontaktda kuchlanish U pasayadi, u xolda kontaktda kuchlanishning pasayish chastotasi v = —t— boʻladi, bunda ye — elektron zaryad, h — Plank doimiysi. Jozefson effektiga asoslanib juda sezgir (Yu^9 Gs yoki K)”13 Tl gacha) magnitometrlar yasalgan. Jozefson effektidan kichik generatorlar, detektorlar, kuchaytirgichlar va b. elektron asboblarda foydalaniladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil