Josip Radošević

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Josip Radošević
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 3-aprel 1994-yil (1994-04-03) (29 yosh)
Tavallud joyi Split, Xorvatiya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brøndby IF
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2012 Hajduk Split
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2013 Hajduk Split 24 (0)
2013—2016 Napoli 9 (0)
2015—2016Rijeka (Ijara) 32 (2)
2016Eibar (Ijara) 8 (0)
2016—2017 Red Bull Salzburg 20 (3)
2017—2018 Hajduk Split 35 (3)
2018- Brøndby 119 (6)
Milliy terma jamoa
2010 Xorvatiya U16 4 (2)
2010—2011 Xorvatiya U17 16 (0)
2011—2012 Xorvatiya U19 6 (0)
2013 Xorvatiya U20 2 (0)
2013—2016 Xorvatiya U21 16 (4)
2012 Xorvatiya 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(3-sentyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-oktabr 2016-yil uchun)

Josip Radošević (talaffuzi: Yosip Rodoshevich[1][2]) (1994-yil 3-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, Daniya Superliga klubi „Brøndby IF“da yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hajduk Split[tahrir | manbasini tahrirlash]

Radošević oʻz faoliyatini tugʻilgan shahrining „Hajduk Split“ klubida yoshlar jamoasida oʻynashdan boshlagan. Isteʼdodli yarim himoyachi 2011-yilning noyabr oyida „Hajduk“ning asosiy jamoasiga koʻtarilgan[3]. 2011-yil 23-noyabrda u 2011/2012-yilgi Xorvatiya kubogi chorak finalida NK Zagreb ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda asosiy jamoa safida debyut qilgan[4]. 2011/2012-yilgi mavsumda Radošević Hajdukning birinchi oʻn birlik tarkibida oʻynay boshlagan. 2012/2013-yilgi mavsumda u oʻzini „Hajduk“ yarim himoyasida asosiy oʻyinchi sifatida koʻrsatgan va „Napoli“ ga oʻtishdan oldin mahalliy liganing 17 oʻyinida maydonga tushgan.

Napoli[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yilning 29-yanvarida Radoševićni A Seriya vakili „Napoli“ 2 million yevro evaziga sotib olgan[5]. 2013-yilning 25-avgustida u 2013/2014-yilgi mavsumning birinchi davrasida „Bolonya“ga qarshi oʻyinda „Napoli“ safida rasmiy debyut qilgan va 84-daqiqada Gonsalo Iguain oʻrniga maydonga tushgan[6].

Rijeka (Ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning 4-fevralida Radošević 2015-yilning 31-dekabriga qadar „Rijeka“ga ijaraga berilgan[7]. U 2015-yil 4-aprel kuni Zagrebning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda qoʻshib berilgan vaqtning toʻrtinchi daqiqasida hisobni tenglashtirgan golini kiritgan bu uning klub safidagi ilk goli boʻlgan[8].

Red Bull Salzburg[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 31-avgustida, yozgi transfer oynasining soʻnggi kunida Radošević erkin agent sifatida Avstriyaning „Red Bull Salzburg“ klubi bilan shartnoma imzolagan[9].

Hajduk Splitga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Josip Radošević 2017-yil 3-iyun kuni „Hajduk“ning yangi futbolchisi sifatida eʼlon qilingan[10].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Radošević Xorvatiyaning 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi tarkibida 2011-yilgi UEFA U-17 futbol boʻyicha Yevropa chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan va barcha oltita guruh oʻyinlarida maydonga tushgan. Xorvatiya saralash bosqichini magʻlubiyatsiz yakunlagan boʻlsa-da, pley off bosiqchida mezbon Niderlandiyaga magʻlubiyatga uchrab keyingi bosqichga oʻta olmagan[11]. Umuman olganda, u yoshlar jamoalari uchun 35 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. 2012-yil avgust oyida Radošević terma jamoaga murabbiy Igor Shtimac tomonidan 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Makedoniya va Belgiyaga qarshi oʻyinlarda himoyachi Ognyen Vukojevichga alternativa sifatida chaqirilgan[12][13]. 2012-yil 11-sentabrda Radošević milliy terma jamoa safida Belgiyaga qarshi oʻyinda (1:1) maydonga tushgan va u terma jamoa tarixida debyut qilgan eng yosh futbolchiga aylangan[14].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Divizion Liga Kubok Yevropa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Hajduk Split 2011—2012 1. HNL 7 0 2 0 9 0
2012—2013 1. HNL 17 0 3 0 4 0 24 0
Jami 24 0 5 0 4 0 33 0
Napoli 2013—2014 Serie A 8 0 1 0 9 0
Rijeka (Ijara) 2014—2015 1. HNL 16 1 4 0 20 1
2015—2016 1. HNL 16 1 2 0 2 0 20 1
Jami 32 2 6 0 2 0 40 2
Eibar (Ijara) 2015—2016 La Liga 8 0 8 0
Red Bull Salzburg 2016—2017 Bundesliga 20 3 3 1 5 1 28 5
Hajduk Split 2017—2018 1. HNL 35 3 5 0 5 1 45 1
Brøndby IF 2018—2019 Superliga 30 2 3 0 4 0 37 2
2019—2020 Superliga 27 1 1 0 6 0 36 1
2020—2021 Superliga 31 0 2 0 33 1
2021—2022 Superliga 26 1 2 0 7 0 35 1
2022—2023 Superliga 6 2 0 0 4 0 10 2
Jami 120 6 8 0 21 0 149 6
Karyerada jami 247 14 28 1 37 2 312 17

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Napoli

  • Italiya kubogi : 2013—2014
  • Italiya Superkubogi : 2014-yil

Red Bull Salzburg

  • Avstriya Bundesligasi : 2016—2017
  • Avstriya kubogi : 2016—2017

Brondby

  • Daniya Superligasi : 2020—2021[15]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Jòsip“ (sh). Hrvatski jezični portal. — „Jòsip“. Qaraldi: 19-mart 2018-yil.
  2. „rȃd1 (sh). Hrvatski jezični portal. — „Radóšević“. Qaraldi: 19-mart 2018-yil.
  3. Alfirević, Slaven. „Josip Radošević: Ja sam čovjek za duele!“ (hr). Slobodna Dalmacija (2011-yil 19-noyabr).
  4. Jurišić, Bernard. „Vukušić za prednost u nenogometnim uvjetima“ (xorvatcha). Sportnet.hr (23-noyabr 2011-yil). 2016-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
  5. „Gli azzurri verso il match con il Catania“. sscnapoli.it (29-yanvar 2013-yil). 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-yanvar 2013-yil.
  6. „Napoli-Bologna 3-0: apre Callejon, poi la doppietta di super Hamsik“. gazzetta.it (25-avgust 2013-yil).
  7. „Veznjak "Napolija" na posudbi u "Rijeci": Josip Radošević danas potpisuje ugovor“. novilist.hr (4-fevral 2015-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2015-yil.
  8. „Rijeka-Dinamo 2:2“. hrnogomet.com (4-aprel 2015-yil). Qaraldi: 6-noyabr 2015-yil.
  9. „Salzburg hat Bernardo-Nachfolger“.
  10. „JOSIP RADOŠEVIĆ NOVI JE IGRAČ HAJDUKA!“ (xorvatcha). HNK Hajduk Split. Qaraldi: 3-iyun 2017-yil.
  11. Rupnik, Borna. „Pirova pobjeda mladih Hrvata“ (xorvatcha). Sportnet.hr (29-mart 2011-yil). 2014-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-aprel 2011-yil.
  12. Rupnik, Borna. „Štimac: U ovom kadru nema potrebe za Pranjićem, Radošević jedina alternativa Vukojeviću“ (xorvatcha). Sportnet.hr (23-avgust 2012-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
  13. Piršljin, Josip. „Radošević: Malo sam iznenađen pozivom u reprezentaciju, ali to mi je daljnji motiv“ (xorvatcha). Sportnet.hr (23-avgust 2012-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2012-yil.
  14. Jurišić, Bernard. „Vrlo dobra Hrvatska uzela bod u Bruxellesu i potvrdila status prvog favorita skupine“ (xorvatcha). Sportnet.hr (11-sentabr 2012-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2012-yil.
  15. „Soccer-Brondby beat Nordsjaelland to clinch Danish league title“. Yahoo Sports (24-may 2021-yil). Qaraldi: 24-may 2021-yil.