Josh Acheampong
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Joshua Kofi Acheampong[1] | ||
| Tavallud sanasi | 5-may 2006-yil[2] | ||
| Tavallud joyi | Waltham Forest, Angliya[3] | ||
| Boʻyi | 6 fut 3 inches (1.90 m)[4] | ||
| Ampluasi |
Oʻng qanot himoyachisi, Markaziy himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea | ||
| Raqami | 34 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| —2024 | Chelsea | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2024— | Chelsea | 5 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2022 | Angliya U-16 | 3 | (0) |
| 2022—2023 | Angliya U-17 | 19 | (1) |
| 2023—2024 | Angliya U-18 | 4 | (0) |
| 2024— | Angliya U-19 | 8 | (0) |
| 2024— | Angliya U-20 | 2 | (0) |
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-mart uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-aprel uchun) | |||
Joshua Kofi Acheampong[1] (2006-yil 5-mayda tugʻilgan) – angliyalik professional futbolchi, Premyer-liganing „Chelsea“ klubi himoyachisi.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asli kelib chiqishi ganalik boʻlgan Achempong Londonda tugʻilgan[5]. U dastlab „Chelsea“ akademiyasining 8 yoshgacha boʻlgan yosh toifasidagilar jamoasida faoliyatini boshlagan[2].
Klublardagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilning 3-yanvarida Acheampong „Chelsea“ bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi[6]. 2024-yilning 11-martida futbolchi „Newcastle United“ga qarshi Premyer-liga oʻyinida jamoa qaydnomasiga kiritildi, ammo oʻyin yakuniga qadar zaxirada qoldi[7]. 2024-yilning 2-may kuni, 18 yoshga toʻlishidan uch kun oldin, Acheampong oʻzining professional debyutini oʻtkazdi. Premyer-liga doirasida boʻlib oʻtgan „Tottenham“ga qarshi London derbisida oʻyinining 85-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi[8].
Shartnomasini uzaytirish bilan bogʻliq muammolar tufayli asosiy jamoadan bir muddat uzoqda boʻlganidan soʻng, u 2024-yilning 12-dekabrida UEFA Konferensiyalar ligasida „Astana“ klubiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibda boshladi[9][10]. 18-dekabr kuni „Chelsea“ Acheampong bilan shartnomani 2029-yilning iyuniga qadar uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi[11]. 2025-yilning 4-yanvarida Acheampong Premyer-ligadagi debyutini Londonning „Crystal Palace“ga qarshi oʻtkazdi, oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi va „Chelsea“ bosh murabbiyi Enzo Maresca uni maydondagi eng yaxshi futbolchi deb eʼtirof etdi[12].
Terma jamoadagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yilning may oyida Acheampong 2023-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida beshinchi oʻrinni egallagan Angliyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibidan joy olgan edi[13]. 2023-yilning noyabr oyida u 2023-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi vakili sifatida ishtirok etdi va Yangi Kaledoniyaga qarshi dastlabki oʻyinida gol muallifiga ham aylandi[14][15].
2024-yil 4-sentyabr kuni Acheampong Nedelišche shahrida Italiyaga qarshi kechgan bahsda Angliya U-19 terma jamoasidagi debyutini oʻtkazdi[16].
10-oktyabr kuni Acheampong Frosinone shahrida Italiya ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda mamlakatining U-20 terma jamoasi safida debyut qildi[17].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2025-yil 24-iyun holatiga koʻra
| Klub | Mavsum | Liga | Angliya kubogi | Angliya Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Umumiy | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Chelsea | 2023–2024[18] | Premyer-liga | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||
| 2024–2025[19] | Premyer-liga | 4 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 7[a] | 0 | 1[b] | 0 | 13 | 0 | |
| Karyerasidagi umumiy | 5 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 | 1 | 0 | 14 | 0 | ||
- ↑ UEFA Konferensiyalar ligasidagi oʻyinlari
- ↑ FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati doirasidagi oʻyinlari
Sovrinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chelsea
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „2023/24 Premier League squad lists“. Premier League (2023-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-may.
- ↑ 2,0 2,1 „Josh Acheampong“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
- ↑ „Josh Acheampong“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2025-yil 14-mart.
- ↑ „Josh Acheampong“. Chelseafc.com. Qaraldi: 2025-yil 9-iyul.
- ↑ „Chelsea secure rising star Josh-Kofi Acheampong with first pro contract“. Ghana Soccernet (2024-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 2-may.
- ↑ „Acheampong signs professional contract“ (en). Chelsea F.C. (2024-yil 3-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 5-may.
- ↑ „Confirmed Chelsea line up vs Newcastle United“ (en). Chelsea F.C. (2024-yil 11-mart). Qaraldi: 2024-yil 5-may.
- ↑ Burnton, Simon „Chelsea 2-0 Tottenham: Premier League – as it happened“. The Guardian (2024-yil 2-may). Qaraldi: 2024-yil 2-may.
- ↑ Marsh, Dan „Maresca can't hide true feelings after Chelsea youngster is brutally frozen out“ (en). The Mirror (2024-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
- ↑ „Match report: Astana 1-3 Chelsea“ (en-gb). Chelsea F.C. (2024-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 13-dekabr.
- ↑ „Josh Acheampong signs new Chelsea contract“ (en). Chelsea F.C. (2024-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
- ↑ „Maresca: Acheampong was the best player on the pitch“ (en). Premier League (2025-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 18-dekabr.
- ↑ Veevers, Nicholas „England MU17s squad named for EURO Finals“ (en). England Football. The Football Association (2023-yil 17-may). Qaraldi: 2024-yil 5-may.
- ↑ Smith, Frank „England squad for the FIFA U-17 World Cup“ (en). England Football. The Football Association (2023-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-may.
- ↑ „England v New Caledonia“. ESPN. Qaraldi: 2024-yil 5-may.
- ↑ Veevers, Nicholas „Report: England MU19s 2-2 Italy“. EnglandFootball.com (2024-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-sentyabr.
- ↑ Vassell, Zac „Report: England Men's ELS 2-1 Italy“. England Football (2024-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Games played by Josh Acheampong in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 5-may.
- ↑ „Games played by Josh Acheampong in 2024/2025“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 17-avgust.
- ↑ „Chelsea beat Real Betis 4-1 to win Conference League“. BBC (2025-yil 28-may). Qaraldi: 2025-yil 28-may.
- ↑ Begley, Emlyn „Chelsea 3–0 PSG“. BBC Sport (2025-yil 13-iyul). Qaraldi: 2025-yil 13-iyul.