Joseph Pulitzer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Pulitzer.jpg

Jozef Pulitser (/ˈpʊlɪtsər/ PUUL-it-sər;[1] Pulitser Jozsef, Hungarian: [ˈpulit͡sɛr ˈjoːʒɛf]) — venger-amerikalik siyosatchi va Sent-Luis Post-Dispatch va New York World gazetalarining noshiri. U 1847-yil 10-aprelda Vengriyaning Mako shahrida joylashgan Magyar-Yahudiylarning boy oilasida tugʻilgan.

U Demokratik partiyaning yetakchi milliy arbobiga aylangan va Nyu-Yorkdan kongressmen etib saylandi. U yirik biznes va korruptsiyaga qarshi yurish qildi. Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalining olib kelinishiga yordam berdi.

1890-yillarda uning "World" jurnali bilan Uilyam Rendolf Harestning "New-York jurnal" oʻrtasida shiddatli raqobat kuzatildi. Albatta, bu oʻz navbatida sariq matbuot va jurnalistikaning rivojlantirishga sabab boʻldi, bu esa sensatsiya, jinsiy aloqa, jinoyatchilik va qoʻrqinchli tasvirlarlar bilan oʻquvchilarni zabt etdi. Nashrlar soni esa kuniga bir million nusxaga yetdi va reklama daromadiga bogʻliq boʻlgan (qoplama narxi yoki siyosiy partiyalar subsidiyalari oʻrniga) ommaviy tirajli gazetalarga yoʻl ochdi. Bu orqali oʻquvchilarni yangiliklar, yengil-yelpi, koʻngilochar va reklamaning koʻplab shakllari bilan qiziqtirdi.

Bugungi kunda uning nomi 1917-yilda Kolumbiya universitetiga topshirilishi natijasida taʼsis etilgan Pulitser mukofotlari bilan mashhur. Mukofotlar har yili Amerika jurnalistikasi, fotografiyasi, adabiyoti, tarixi, sheʼriyati, musiqasi va dramaturgiyasidagi mukammallikni tan olish va taqdirlash uchun beriladi. Pulitserning vasiyatiga koʻra xayriya fondi tomonidan 1912-yilda Kolumbiya jurnalistika maktabiga asos solgan. Jozef Pulitser 1911-yilning 29-oktabrida vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The Pulitzer prizes – Answers to frequently asked questions“. Pulitzer.org. Qaraldi: 10-avgust 2009-yil.