Jordan Larsson
Carl Henrik Jordan Larsson (talaffuzi: Karl Henrik Jordan Larsson; 1997-yil 20-iyunda Janubiy Kareyada tugʻilgan) — shved futbolchisi, „Schalke 04“ futbol klubi va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Carl Henrik Jordan Larsson | ||
Tavallud sanasi | 20-iyun 1997-yil | ||
Tavallud joyi | Rotterdam,Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.75 m | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Schalke 04 | ||
Raqami | 7 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2004—2006 | Barcelona | ||
2006—2012 | Högaborgs BK | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012—2014 | Högaborgs BK | (12) | |
2014—2016 | Helsingborgs IF | (10) | |
2017—2018 | NEC | (4) | |
2018—2019 | IFK Norrköping | (12) | |
2019—2022 | Spartak Moscow | (22) | |
2022 | → AIK (ijara) | (3) | |
2022— | Schalke 04 | (0) | |
Milliy terma jamoa | |||
2012—2014 | Shvetsiya U17 | 15 | (2) |
2014—2016 | Shvetsiya U19 | 15 | (1) |
2016—2018 | Shvetsiya U21 | 14 | (2) |
2018— | Shvetsiya | (1) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (18-oktyabr uchun) |
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning otasi Henrik oʻgʻlining ismini mashhur basketbolchi Maykl Jordan sharafiga Jordan deb nomlagan. U futbol oʻynashni otasi 2004-yildan 2006-yilgacha oʻynagan Ispaniyaning „Barcelona“ futbol klubi akademiyasida boshlagan. 2006-yilda otasi bilan birga „Barcelona“ futbol klubinini tark etib, vataniga koʻchib ketgan[1]. 2014-yilning yanvarida „Manchester United“ futbol klubi Jordan Larssonga qiziqish bildirgan[2].
2019-yil 2-avgustda u Moskvaning „Spartak“ futbol klubi futbolchisiga aylangan[3]. Transfer summasi 4 million yevro boʻlib, shartnoma 4 yilga imzolangan[4][5]. Jordan Larsson „Spartak“ futbol klubi tarixida Kim Kalstryomdan keyin ikkinchi shved futbolchisiga aylangan[6].
2022-yil 5-avgustda erkin agent sifatida Germaniyaning „Schalke 04“ futbol klubiga oʻtgan va 2025-yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan[7]. Yangi klubida Jordan Larsson 7-raqam ostida oʻynay boshlagan[8].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yildan beri Jordan Larsson Shvetsiyaning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarida toʻp suradi. 2016-yilda u Rio-de-Janeyro Olimpiadasi ishtirokchilarining dastlabki roʻyxatiga kiritilgan, biroq oʻz klubining qarshiliklari tufayli u turnirda ishtirok etmagan va uning oʻrnini Valmira Berisha egallagan.
2018-yilning 7-yanvarida u Shvetsiya terma jamoasi safida Estoniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[9]. 2020-yil 9-yanvar kuni Jordan Larsson Shvetsiya terma jamoasi safidagi ilk golini Moldova terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) kiritgan[10].
2021-yil 18-may kuni Jordan Larsson terma jamoadan Yevro-2020 turnirida ishtirok etish uchun taklif olgan[11][12].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jordan Larssonning otasi Henrik Shvetsiya terma jamoasi safida 106 oʻyin oʻtkazgan va 37 gol urgan mashhur futbolchi boʻlib, tarixdagi eng yaxshi shvetsiyalik futbolchilardan biri hisoblanagan.
2021-yil 27-iyulda Jordan Larsson oʻgʻil farzandli boʻlgan[13].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoa | Mamlakat | Mavsum | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|---|
Högaborgs BK | Shvetsiya | 2012—2014 | 43 | 12 |
Helsingborgs IF | Shvetsiya | 2014—2016 | 71 | 18 |
NEC Nimega | Niderlandiya | 2017 | 24 | 4 |
IFK Norrköping | Shvetsiya | 2018—2019 | 51 | 19 |
F. C. Spartak de Moscú | Rossiya | 2019—2022 | 83 | 27 |
AIK Fotboll | Shvetsiya | 2022 | 11 | 3 |
F. C. Schalke 04 | Olmoniya | 2022 | 10 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Возвращение Хенрика Ларссона“. 21-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-fevral 2015-yil.
- ↑ „Manchester United target Jordan Larsson — son of Swedish legend Henrik Larsson“ (inglizcha). https://www.mirror.co.uk (2014-yil 12-yanvar). 2-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-dekabr 2020-yil.
- ↑ „Джордан Ларссон — игрок «Спартака»“. www.spartak.com (2-avgust 2019-yil). 2-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2019-yil.
- ↑ „Ларссон подписал со "Спартаком" контракт на 4 года“. www.sport-express.ru (2-avgust 2019-yil). 2-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2019-yil.
- ↑ „Jordan Larsson — Transfer history“ (inglizcha). www.transfermarkt.com. 2-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2019-yil.
- ↑ „Ахмат — Спартак (1:3) 11 августа. Чемпионат России. 2019-20. Протокол матча“. sportbox.ru (11-avgust 2019-yil). 10-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2019-yil.
- ↑ „«Шальке» подписал контракт с Джорданом Ларссоном до конца сезона-2024/25“ (ruscha). sport-express.ru (2022-yil 5-avgust). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
- ↑ „Schalke 04 vs. Borussia M’gladbach“ (inglizcha). www.soccerway.com (2022-yil 13-avgust). Qaraldi: 25-avgust 2022-yil.
- ↑ „Эстония — Швеция, 07 янв. 2018 г. — International Friendlies — Протокол матча“. 2-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2019-yil.
- ↑ „Джордан Ларссон забил дебютный гол за сборную Швеции“. https://www.sport-express.ru (2020-yil 9-yanvar). 10-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Granqvist och Larsson med i Jannes EM-trupp“ (shvedcha). Svensk fotboll (18 maj 2021). 19-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-may 2021-yil.
- ↑ „Ларссон включен в состав сборной Швеции на Евро!“. https://spartak.com (2021-yil 18-may). 18-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2021-yil.
- ↑ „У Джордана Ларссона родился сын!“ (2021-yil 27-iyul). 27-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2021-yil.