Joost van Aken

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joost van Aken
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joost Maurits van Aken[1]
Tavallud sanasi 13-may 1994-yil (1994-05-13) (29 yosh)[2]
Tavallud joyi Haarlem, Niderlandiya
Boʻyi 1.90 m[2]
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
SC Heerenveen
Raqami 3
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2017 SC Heerenveen 84 (3)
2017—2021 Sheffield Wednesday 32 (0)
2019—2020VfL Osnabrück (ijara) 22 (1)
2021—2022 Zulte Waregem 1 (0)
2022- SC Heerenveen 3 (1)
Milliy terma jamoa
2014 Niderlandiya U21 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(4-iyul uchun)

Joost Maurits van Aken (talaffuzi: Yost van Aken; 1994-yil 13-mayda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, SC Heerenveen klubida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi. Kattalar toifasidagi faoliyatini SC Heerenveenda boshlagan, Sheffield Wednesdey, VfL Osnabrück va Zulte Waregem klublarida oʻynagan. Xalqaro miqyosda Niderlandiya U21 jamoasini himoya qilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

SC Heerenveen[tahrir | manbasini tahrirlash]

Van Aken 2014-yilning 16-fevralida oʻsha paytdagi chempion OFK „Ajax“ga qarshi „SC Heerenveen“ safidagi ilk uchrashuvini oʻtkazdi. Taxminan ikki oy oʻtgach, van Aken klubdagi birinchi golini Go Ahead Eagles darvozasiga kiritdi.

Sheffield Wednesday[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 30-avgust kuni Sheffield Wednesday Eredevisie vakili SC Heerenveen jamoasidan van Aken bilan toʻrt yillik shartnomani nomaʼlum toʻlov evaziga imzolanganini eʼlon qildi[3]. Unga 4-raqamli futbolka berildi[4]. van Aken 9-sentyabr kuni Nottingem Forestga qarshi oʻyinda debyut qildi. Uchrshuvda 90 daqiqa oʻynadi, jamoasi 3:1 hisobida gʻalabadi.

2019-yilning 14-avgustida van Aken VfL Osnabrückga 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[5].

2020-yil 12-sentyabrda Van Aken „Sheffield Wednesday“ning asosiy tarkibiga qaytdi va „Cardiff Cty“ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. 2020-yil 24-oktabrda „Luton Town“ga qarshi bahsda oʻz uyida qizil kartochka oldi, jamoasi magʻlubiyatga uchradi[6]. 2021-yilning 20-mayida shartnoma muddati tugagach, mavsum oxirida Sheffield Wednesdayni tark etishi eʼlon qilindi[7].

Zulte Waregem[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 15-may kuni van Aken Zulte Waregem Belgiya klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[8]. 24-iyul kuni Jupiler Pro ligasida OH Leuvenga qarshi bahsda debyut qildi. Jamoasi 1:1 hisobida durang oʻynagan uchrashuvda qizil kartocha bilan chetlatilgandi[9]. 2022-yil 25-yanvarda erkin agentga aylandi[10].

Heerenveenga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 7-fevralda van Aken shu mavsum oxirigacha SC Heerenveenga qaytdi[11].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1-may, 2022-yilgi holat boʻyicha[12]
Klub, mavsum va musobaqa boʻyicha koʻrinishlar va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
SC Heerenveen 2013—2014 Eredivisie 6 2 0 0 2 0 8 2
2014—2015 Eredivisie 30 0 0 0 3 0 33 0
2015—2016 Eredivisie 20 0 1 0 21 0
2016—2017 Eredivisie 26 1 2 0 0 0 28 1
2017—2018 Eredivisie 2 0 2 0
Jami 84 3 3 0 5 0 92 3
Sheffield Wednesday 2017—2018 Championship 14 0 0 0 14 0
2018—2019 Championship 1 0 0 0 1 0 2 0
2019—2020 Championship 0 0 0 0
2020—2021 Championship 17 0 0 0 0 0 17 0
Jami 32 0 0 0 1 0 0 0 33 0
VfL Osnabrück (ijara) 2019—2020 2. Bundesliga 22 1 0 0 22 1
Zulte Waregem 2021—2022 Belgian First Division A 1 0 0 0 1 0
SC Heerenveen 2021—2022 Eredivisie 3 1 0 0 0 0 3 1
Jami faoliyati 142 5 3 0 1 0 5 0 151 5

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

3-iyul, 2022-yilgi holat boʻyicha

Yil Terma jamoa Ishtirok Gollar
2014 Niderlandiya U21 2 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „EFL Released and Retained List 2017-18“. English Football League. Qaraldi: 18-iyul 2018-yil.
  2. 2,0 2,1 „Joost Van Aken“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 16-iyul 2018-yil.
  3. „First interview with Joost van Aken“. Sheffield Wednesday F.C.. Sheffield Wednesday F.C.. Qaraldi: 30-avgust 2017-yil.
  4. „Owls land Dutch defender“. Sheffield Wednesday F.C.. Sheffield Wednesday F.C.. Qaraldi: 30-avgust 2017-yil.
  5. „VfL Osnabrück nimmt van Aken unter Vertrag“ (olmoncha). VfL Osnabrück (14-avgust 2019-yil). 2019-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-avgust 2019-yil.
  6. „Report: Wednesday 0-1 Luton“. Sheffield Wednesday F.C.. Qaraldi: 24-oktabr 2020-yil.
  7. „Owls confirm 2020/21 retained list“. www.swfc.co.uk.
  8. „Welcome Joost van Aken!“. S.V. Zulte Waregem. Qaraldi: 15-may 2021-yil.
  9. Vanbuggenhout, Kevin. „Brys en Dury bespreken prestaties van hun teams én strafschopgeval: "Het is gefloten, geen zin in polemiek"“ (niderlandcha). Voetbalkrant (24-iyul 2021-yil). Qaraldi: 24-iyul 2021-yil.
  10. „Essevee and Joost Van Aken end collaboration“. S.V. Zulte Waregem. Qaraldi: 25-yanvar 2022-yil.
  11. SC Heerenveen (7-fevral 2022-yil). „JOOST VAN AKEN KEERT TERUG OP HET OUDE NEST“ (niderlandcha). Press-reliz. Qaraldi: 9-fevral 2022-yil.
  12. Joost van Aken Soccerway saytida. Qaralgan sana: 10-oktabr 2017-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]