Jonlantirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jonlantirish - odamlarga xos boʻlgan xislatlarni jonsiz predmetlar, tabiat hodisalari, hayvon, parranda, qush kabilarga koʻchirish orqali hosil boʻladigan tasvir usuli.


Jonlantirish — q. Reanimatsiya.[1]

Misol:

                        Bunda qorning taglarida qish,
                        Bahor uchun soʻzlaydi olqish.

                                                                        (Hamid Olimjon)

                                                Erta tong shamoli sochlarin yoyib,
                                                Yonimdan oʻtganda soʻrab koʻraman.
                                                Aytadir: bir koʻrib, yoʻlimdan ozib,
                                                Togʻu toshlar ichra istab yuramen!

                                                                        (Choʻlpon "Goʻzal")

Turlari[tahrir]

Jonlantirishning 2 xil ko'rinishi bor.

  • Tashxis - jonsiz narsalarni jonlantirish. Oʻzbek mumtoz sheʻriyatida koʻp qoʻllanuvchi sanʻatlardan biri tashxisdir. Tabiat manzaralari, jonzotlar, hayotdagi turli buyumlar va tushunchalarning insonga xos boʻlgan fazilatlar, belgilar bilan jonlantirilib, shaxsga mansub xususiyatlar bilan toʻyintirilib berilishi sheʻriyat ilmida tashxis sanʻati deyiladi. Masalan, bogʻ, sahro, bulut, yomgʻir, hilol, yulduz, quyosh, gul, chumoli, ohu, tun, sabo, may, qadah, qalam, qogʻoz va hokazolarni insonga xos boʻlgan xususiyatlar bilan jonlantirish orqali shoir oʻz asarida chiroyli va nafis obrazlilikka erishadi.
  • Intoq - nutqsiz narsalarni nutq egasi sifatida tasvirlash.


Misol:

                        Shaftoli der, kulib: kuz choqlari
                        Sharbat bilan lim-lim toʻlamun.
                        Yemagan armonda, yegan darmonda.
                        Ming dardingga shifo boʻlaman.
               Yaprogʻiga berkinib olib,
                - Suqing kirar, koʻp nazar solma!
                Qizil yuzlarimdan bir oʻpganning
                Armoni yoʻq, der yoqut olma.

                                                                        (Uygʻun "Kuz qoʻshiqlari")

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil