Jonathan Henick
| Jonathan Henick | |
|---|---|
|
| |
| Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi elchisi | |
|
Mansab davri 2022-yil 24-noyabr – hozirgacha | |
| Prezident |
Joe Biden Donald Trump |
| Vorisi | Daniel N. Rosenblum |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Millati | amerikalik |
| Taʼlim |
Columbia universiteti (BA, MA) Hawaii universiteti |
Jonathan Henick – amerikalik diplomati boʻlib, 2022-yildan boshlab Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekiston Respublikasiga tayinlangan elchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Henick Columbia kollejida bakalavr darajasini, Columbia universitetida xalqaro munosabatlar boʻyicha sanʼat magistri darajasini va Hawaii universitetida siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori darajasini olgan[1][2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Henick – vazir-maslahatchi unvoniga ega boʻlgan Oliy Diplomatik Xizmat (Senior Foreign Service)ning professional aʼzosi. U Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosida kotib yordamchisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan; u Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha ommaviy diplomatiya va matbuot uchun mas’ul boʻlgan. U Global hamkorlik markazida koordinator oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan va u yerda Rossiya, Xitoy hamda Eron tomonidan tarqatilgan dezinformatsiyalarga qarshi kurashishda AQSh saʼy-harakatlarini boshqarish va muvofiqlashtirishga yordam bergan. Henick Xalqaro axborot dasturlari byurosida bosh koordinator oʻrinbosari va koordinator vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan. Uning boshqa lavozimlari qatoriga Turkiyada ommaviy aloqalar boʻyicha vazir-maslahatchi, Sharqiy Timordagi diplomatik missiya rahbari oʻrinbosari hamda Ozarbayjon, Turkiya, Portugaliya va Oʻzbekistondagi boshqa lavozimlar kiradi. Henick George Washington universitetida ilmiy xodim va taklif etilgan professor (visiting professor) sifatida, shuningdek, Gavayining Gonolulu shahrida joylashgan Sharq-Gʻarb markazida rezident-diplomat sifatida ishlagan[1]. U Milliy mudofaa universitetining Axborot va kiberfazolar kollejida ham taklif etilgan professor sifatida faoliyat yuritgan[3].
2022-yil 20-may kuni prezident Joe Biden Henickni Qoʻshma Shtatlarning Oʻzbekistondagi elchisi lavozimiga nomzod sifatida koʻrsatmoqchi ekanligini eʼlon qildi[1]. 2022-yil 24-may kuni uning nomzodi Senatga taqdim etildi[4]. 2022-yil 27-iyul kuni uning nomzodi boʻyicha tinglov AQSh Senatining Tashqi aloqalar qoʻmitasida boʻlib oʻtdi[5]. 2022-yil 3-avgust kuni uning nomzodi qoʻmitadan maʼqullanib chiqdi[6]. 2022-yil 4-avgust kuni uning nomzodi AQSh Senatida ovoz berish yoʻli bilan tasdiqlandi[7][8]. U 14-oktabr kuni lavozimga kirishish oldidan qasamyod qildi[9][10]. 2022-yil 24-noyabr kuni u oʻz ishonch yorliqlarini prezident Shavkat Mirziyoyevga topshirdi[11].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Henick Jamoat diplomatiyasi bitiruvchilari assotsiatsiyasining Yutuq mukofotini, shuningdek, Davlat departamentining bir nechta xizmat mukofotlarini, jumladan, uchta Oliy diplomatik xizmat samaradorligi mukofotini olgan[2][12].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Henick Nyu-York shtatida tugʻilgan. U rus, portugal, turk va ozarbayjon tillarida soʻzlasha oladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 The White House (2022-yil 20-may). „President Biden Announces His Intent to Nominate Nine Career Members of the Senior Foreign Service as Ambassadors“. Press-reliz.
Bu maqola jamoat mulki boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
- ↑ 2,0 2,1 „Ambassador Jonathan Henick Named Webster Tashkent Class of 2023 Commencement Speaker“ (en). news.webster.edu (2023-yil 18-may). Qaraldi: 2025-yil 31-iyul.
- ↑ „Dr. Jonathan Henick“ (en-US). College of Information and Cyberspace. Qaraldi: 2025-yil 31-iyul.[sayt ishlamaydi]
- ↑ The White House (2020-yil 24-may). „Nominations Sent to the Senate“. Press-reliz.
- ↑ „Nominations“ (en). United States Senate Committee on Foreign Relations (2023-yil 27-iyul). 2024-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 31-iyul.
- ↑ „Business Meeting“ (en). United States Senate Committee on Foreign Relations (2022-yil 3-avgust). 2024-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 31-iyul.
- ↑ „PN2172 — Jonathan Henick — Department of State“. congress.gov (2022-yil 4-avgust). 2023-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 31-iyul.
- ↑ „Jonathan Henick confirmed as new US ambassador to Uzbekistan“ (en). brightuzbekistan.uz. 2024-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 31-iyul.
- ↑ „Ambassador Jonathan Henick“ (en-US). U.S. Embassy in Uzbekistan. 2024-yil 19-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 31-iyul.
- ↑ @State_SCA. „Congratulations to Jonathan Henick, our newly-sworn-in U.S. Ambassador to Uzbekistan! Jonathan served his first diplomatic tour in Uzbekistan and is excited to return to further the friendship between our peoples.“ (2022-yil 14-oktyabr).
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси Президенти янги тайинланган элчиларни қабул қилди“ (uz). Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги (2022-yil 24-noyabr). 2022-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 31-iyul.
- ↑ „Henick, Jonathan - Republic of Uzbekistan - June 2022“ (en). United States Department of State. Qaraldi: 2025-yil 31-iyul.