Jon vafo mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Jon vafo mirzo, Jon Vafobiy (?— 1510— Shayboniyxonning lashkar boshilaridan biri; nayman qabilasidan. 1486 y. Sulton Husayn Bopqaro mulki boʻlgan Xorazmga, xususan, Shahri [[Vazirga (qarang [[Vazir) chopqun uyushtirilganda J. V. m. shayboniylardan Iboqxondan ajralib Shayboniyxonga qoʻshilgan. Shayboniyxon Movarounnahrga bostirib kelganda, J. V.m.ni Samarqand dorugʻasi etib tayinlagan (1500). J.V.m. ilgari Xoʻja Yahʼyo (Xoʻja Ahrorning oʻgʻli)ga tegishli uyga joylashgan. Bobur Shayboniyxonni asosiy kuchlar bilan shahar chetidagi Bogʻi Maydonda ekanligidan va 500—600 askarga ega J. V.m.ning beparvoligidan foydalanib 1500 y. iyulida, yarim tunda Samarqandni egallab olgan. J.V.m. Shayboniyxon huzuriga qochgan. 100 kunlik hukmronlikdan soʻng Bobur Samarqandni tashlab chiqishga majbur boʻlgan. 1507 y. J.V.m. Hirot sh. dorugʻasi etib tayinlangan. Shoh Ismoil I safaviyning buyrugʻiga koʻra qatl etilgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Baburname, T., 1993; Boburnoma, T., I960; Axm yedo v B. A. Istorikogeograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. Pismennie pamyatniki, T., 1985; Istoriya Oʻzbekistana, T., 1993.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil