Irène Joliot-Curie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jolio-Kyuri Irendan yoʻnaltirildi)
Irène Joliot-Curie
Tavalludi 12-sentyabr 1897[1]
Vafoti 17-mart 1956[2][1]
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Pierre Curie
Onasi Marie Curie

JOLIO-KYURI (Joliot-Curie) Iren (fransuzcha: Irène Joliot-Curie; 1897.12.9 - Parij - 1956.17.3) - fransuz fizigi va radiokimyogari. P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyurilarning qizi. 1926-yilda F. Jolio-Kyuriga turmushga chiqqan va shundan boshlab umrining oxirigacha birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borganlar. Ilmiy ishlari radioaktivlik, yadro fizikasi va yadro kimyosiga oid. 1934-yilda F. Jolio-Kyuri bilan hamkorlikda sunʼiy radioaktivlik hodisasini ochgan. Yugoslav fizigi P. Savich bilan hamkorlikda 1939-yilda neytronlar bilan uranni nurlash tufayli hosil boʻlgan yadroviy reaksiya mahsuli — lantan hosil boʻlishini aniqlagan (avval transuran element deb tushunilgan). Bu ishi yadroning boʻlinish reaksiyasini kashf qilishda muhim boʻlgan. Kimyoviy elementlarning sunʼiy radioaktiv izotoplarini, pozitron radioaktivlikni kashf qilgan. Nobel mukofoti laureati (1935).[3][4]

Yana q.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  4. Nobel mukofoti sovrindorlari