John McGinn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

John McGinn (talaffuzi: Jon MakGinn) 1994-yil 18-oktabrda Glazgoda tugʻilgan. Shotlandiya futbolchisi, Angliyaning „Aston Villa“ klubi yarim himoyachisi, 2022-yil iyul oyi oxiridan buyon jamoa sardori[1]. 2020- yilgi Shotlandiya xalqaro Yevropa chempionati ishtirokchisi.

John McGinnning ikkita katta Stiven va Pol ismli akaslari bor. Ular ham professional futbolchi.

John McGinn Futbol
John McGinn 2019.jpg
Umumiy maʼlumotlari  
Tugʻilgan 18-oktabr 1994(1994-10-18)[2] (27 yosh)
  • Glazgo, Shotlandiya, Buyuk Britaniya
Fuqaroligi            Flag Shotlandii Shotlandiya
Boʻyi       183 cm
Pozitsiyasi            yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi                
Klub Flag Anglii Aston Villa
Raqami 7
Yoshlar klublari  
Flag Shotlandii St.Mirren
Klublardagi faoliyati
2012—2015 Flag Shotlandii St.Mirren 87 (4)
2015—2018 Flag Shotlandii Hibernian 101 (12)
2018 Flag Anglii Aston Villa 123 (15)
                Milliy terma jamoada   
2013—2014 Flag Shotlandii Shotlandiya (U17) 4 (0)
2014—2016 Flag Shotlandii Shotlandiya (U 21) 6 (0)
2016 Flag Shotlandii Shotlandiya 42 (11)

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

John McGinn — „St.Mirren“ klubi bitiruvchisi[3]. 2012-yilning 20- oktabrida u Shotlandiya Premer-ligasida „Celtic“ ga qarshi debyut qildi[4]. 2013-yilning 18-may kuni „Kilmarnock“ qarshi kechgan duelda John McGinn „St.Mirren“ uchun birinchi golini urdi[5]. Debyut mavsumida u jamoaga Shotlandiya liga kubogini yutishda yordam berdi.

2015-yilning yozida John McGinn „Hibernian“ga koʻchib oʻtdi va 4 yillik shartnoma imzoladi[6]. 8-avgust kuni u Shotlandiya chempionatida „Dumbarton“ga qarshi debyut qildi [7] . „Alloa Athletic“ga qarshi duelda John McGinn „Hibernian“ uchun birinchi golini urdi. Oʻzining debyut mavsumida John McGinn Shotlandiya kubogini qoʻlga kiritdi va bir yildan soʻng klubga elitaga qaytishga yordam berdi. 2017-yilning 5-avgustida u klubdagi eng yuqori darajadagi debyutini „Partik Title“ga qarshi o‘tkazdi[8].

2018-yilning yozida John McGinn Angliyaning „Aston Villa“ klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi[9]. 11-avgust kuni „Wigan Athletic“ga qarshi oʻyinda u chempionatda debyut qildi[10]. 22-sentabr kuni „Sheffield Wednesday“ga qarshi kechgan duelda John McGinn „Aston Villa“ uchun birinchi golini urdi[11]. Mavsum oxirida John McGinn klubga elitaga chiqishga yordam berdi. 2019-yilning 10-avgustida u Angliya Premer-ligasida „Tottenxem“ga qarshi bahsda debyut qildi[12].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 29-mart kuni John McGinn Shotlandiya terma jamoasi safida Daniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[13]. 2019-yilning 6-sentyabr kuni 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Rossiyaga qarshi o‘yinda u terma jamoadagi ilk golini urdi[14].

13-oktabr kuni San-Marino terma jamoasiga qarshi kechgan duelda John McGinn xet-trik qayd etdi[15].

2021-yilda John McGinn Yevropa chempionatida ishtirok etdi[16][17]. Turnirda u Chexiya, Angliya va Xorvatiya bilan oʻyinlarda maydonga tushdi[18].


Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub    Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
St Mirren 2012-2013 22 1 3 0 2 0 27 1
2013-2014 35 3 2 0 1 0 38 3
2014-2015 30 0 2 0 1 0 33 0
Jami 87 4 7 0 4 0 98 4
Hibernian 2015-2016 36 3 7 0 5 1 4 1 52 5
2016-2017 29 4 5 1 1 0 2 0 37 5
2017-2018 35 5 1 0 7 1 43 6
2018-2019 1 0 3 2 4 2
Jami 101 12 13 1 13 2 9 3 136 18
Aston Villa 2018-2019 41 6 1 0 3 1 45 7
2019-2020 28 3 0 0 2 0 30 3
2020-2021 37 3 0 0 0 0 37 3
2021-2022 35 3 1 0 0 0 36 3
2022-2023 9 0 0 0 1 0 10 0
Jami 150 15 2 0 3 0 3 1 158 16
Umumiy karyerasida 337 31 22 1 20 2 12 4 391 38

Xalqaro statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Millyi terma jamoa Mavsum Oʻyin Gol
Scotland 2016 2 0
2017 3 0
2018 8 0
2019 8 7
2020 8 0
2021 13 4
2022 9 3
Jami 51 14

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Джеррард поменял капитана в «Астон Вилле»“. euro-football.ru (27-iyul 2022-yil). Qaraldi: 28-iyul 2022-yil.
  2. John McGinn // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  3. „McGinn pens new St Mirren deal“. Eurosport. Yahoo! (29-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 29-noyabr 2012-yil.
  4. „Сент-Миррен VS. Селтик 0:5“ (en). soccerway.com (20-oktabr 2012-yil). 28-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2018-yil.
  5. „Килмарнок VS. Сент-Миррен 1:3“ (en). soccerway.com (18-may 2013-yil). 12-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2018-yil.
  6. „MCGINN JOINS HIBERNIAN“. Hibernian FC (31-iyul 2015-yil). 3-avgust 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-iyul 2015-yil.
  7. „Дамбартон VS. Хиберниан 2:1“ (en). soccerway.com (8-avgust 2015-yil). 6-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2018-yil.
  8. „Хиберниан VS. Партик Тисл 3:1“ (en). soccerway.com (5-avgust 2017-yil). 27-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2018-yil.
  9. „John McGinn: Aston Villa sign Hibernian midfielder“. BBC Sport (8-avgust 2018-yil). 29-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-avgust 2018-yil.
  10. „Астон Вилла VS. Уиган Атлетик 3:2“ (en). soccerway.com (11-avgust 2018-yil). 25-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2021-yil.
  11. „Астон Вилла VS. Шеффилд Уэнсдей 1:2“ (en). soccerway.com (22-sentabr 2018-yil). 29-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2021-yil.
  12. „Тоттенхэм Хотспур VS. Астон Вилла 3:1“ (en). soccerway.com (10-avgust 2019-yil). 2-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2021-yil.
  13. „Шотландия VS. Дания 1:0“ (en). soccerway.com (29-mart 2016-yil). 15-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-yanvar 2018-yil.
  14. „Шотландия VS. Россия 1:2“ (en). soccerway.com (6-sentabr 2019-yil). 7-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2021-yil.
  15. „Шотландия VS. Сан-Марино 6:0“ (en). soccerway.com (13-oktabr 2019-yil). 13-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2021-yil.
  16. „Шотландия VS. Чехия 0:2“ (en). soccerway.com (14-iyun 2021-yil). 23-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2021-yil.
  17. „Англия VS. Шотландия 0:0“ (en). soccerway.com (18-iyun 2021-yil). 6-iyun 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2021-yil.
  18. „Хорватия VS. Шотландия 3:1“ (en). soccerway.com (22-iyun 2021-yil). 18-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-avgust 2021-yil.