John Coughlin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
John Patrick Coughlin

Denney va Coughlin, 2011-yilda
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat AQSH bayrogʻi AQSh
Tavalludi 1-dekabr 1985-yil
Kansas City, Missouri
Vafoti 18-yanvar 2019-yil(2019-01-18)
(33 yoshda)
Kansas City, Missouri
Boʻyi 1.90 m (6 ft 3 in)
Oldingi sheriklari
Murabbiyi Dalilah Sappenfield, Larry Ibarra
Jamoasi Kansas City FSC
Uchishni boshlagan 1989
Yakunlagan 2015
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 63.52
Erkin dastur 122.07

John Patrick Coughlin (1985-yil 1-dekabr — 2019-yil 18-yanvar) — amerikalik figurali uchuvchi boʻlgan. Caydee Denney bilan birga 2012-yilda Toʻrt qitʼa musobaqasining kumush medali sohibi va 2012-yilda AQSh milliy chempionatining gʻolibi boʻlgan. Oldingi sherigi Caitlin Yankowskas bilan birga 2010 Cup of China musobaqasining bronza medali sovrindori boʻlgan va ular 2011-yilgi AQSh milliy chempionatining gʻoliblari hisoblanadi. Coughlin oʻz joniga qasd qilish natijasida vafot etgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coughlin Missuri shtatining Kansas-Sity shahrida tugʻilgan. Uning onasi Stacy 2010-yil fevral oyida surunkali kasallik tufayli vafot etgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Coughlin konkida uchishni olti yoshida boshlagan. Faoliyatining boshida u Krista Smith, Kelsey Parker va Lucy Galleher bilan juftlikda musobaqalarda qatnashgan.

Murabbiy Dalilah Sappenfild sherik sifatida John Coughlinni Yankowskasga taklif qilgan va ular 2007-yil avgust oyining boshida juftlik hosil qilishgan. Juftlik 2008-yilgi AQSh chempionatida 6-oʻrinni egallagan va Gran-pri doirasidagi 2008 Skate America musobaqasida oʻzining debyutini amalga oshirgan[1].

2010 — 2011-yilgi mavsumda juftlikning „Ave Maria“ dastur namoyishi 2010-yilning fevralida vafot etgan Coughlinning onasi sharafiga bagʻishlangan edi. Juftlik 2010-yilda NHK Trophy musobaqasida ishtirok etib, 4-oʻrinni egallagan va Cup of Chinese turnirida birinchi Gran-pri medali — bronzani qoʻlga kiritgan. 2011 U. S. Nationals musobaqasida juftlik qisqa dastur namoyishi uchun birinchi oʻrinni egallab, oʻzlarining birinchi milliy unvonini qoʻlga kiritish uchun erkin dastur namoyishida ham gʻolib chiqqanlar[2].

Yankowskas va Coughlin juftligi 2011-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan oʻzlarining Jahon chempionati debyutida oltinchi oʻrinni egallagan; bu natija 2006-yildan beri amerikalik juftlikning eng yaxshi natijasi boʻlgan. Musobaqadan soʻng Coughlin Yankowskasga u bilan juftlik faoliyatini toʻxtatish istagini bildirgan. 4-may kuni juftlik hamkorligini tugatganini eʼlon qilgan[3].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yankowskas bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2010 — 2011
2009 — 2010

2008 — 2009

2007 — 2008

  • The Swan

    Camille Saint-Saëns
  • Bram Stoker’s Dracula

    Wojciech Kilar

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Amerika Qoʻshma Shtatlar vakili sifatida Yankowskas bilan juftlikda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 2007 — 08 2008 — 09 2009 — 10 2010 — 11
Jahon chempionati 6
Toʻrt qitʼa 4 4
Cup of China 3
GP NHK Trophy 4
GP Skate America 6
GP Skate Canada 7
Ice Challenge 1
Nebelhorn Trophy 6
Milliy
AQSh chempionati 6 7 6 1
Midwestern Sections 1 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Walker, Elvin. „Yankowskas and Coughlin win gold with stirring tribute“. GoldenSkate.com (2011-yil 29-yanvar). 2011-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 2-fevral.
  2. „2011 U.S. Pairs Champions Yankowskas and Coughlin Announce End of Partnership“. U.S. Figure Skating (2011-yil 4-may). 2011-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 4-may.
  3. „After finishing 6th at worlds, US champs split“. Associated Press. usatoday.com (2011-yil 4-may). Qaraldi: 2011-yil 4-may.