John Charles Fields
| John Charles Fields | |
|---|---|
|
John Charles Fields | |
| Tavalludi |
14-may 1863-yil Gamilton, Kanada provinsiyasi |
| Vafoti |
9-avgust 1932-yil (69 yoshda) Toronto, Kanada |
| Fuqaroligi | Kanada |
| Sohasi | Matematika |
| Taʼlimi |
Toronto universiteti Johns Hopkins universiteti |
| Mashhur shogirdlari | Samuel Beatty |
| Mashhur ishlari | Fields medali, Fields instituti |
John Charles Fields (talaffuzi: Jon Charlz Filds ) (14-may 1863-yil – 9-avgust 1932-yil) – kanadalik matematik, Fields medali asoschisi. Fields medalini baʼzilar matematika boʻyicha Nobel mukofoti deb hisoblaydi, garchi mukofotlar oʻrtasida farqlar mavjud boʻlsa-da.
Hayoti va karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fields 1863-yil Kanadaning Gamilton shahrida, charm doʻkoni egasi oilasida tugʻilgan. 1880-yilda Gamilton kollej institutini va 1884-yilda Toronto universitetini tamomlagan. Soʻngra Baltimor shahridagi Johns Hopkins universitetida oʻqish uchun AQShga koʻchib oʻtgan.
1887-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Uning „Symbolic Finite Solutions and Solutions by Definite Integrals of the Equation dny/dxn = xmy“[1] deb nomlangan dissertatsiyasi 1886-yilda „American Journal of Mathematics“ jurnalida chop etilgan.
Fields 1907-yilda Kanada qirollik jamiyati aʼzosi va 1913-yilda London qirollik jamiyati aʼzosi etib saylangan.
Fields medali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fields Fields medali asoschisi sifatida tanilgan. Birinchi marta 1936-yilda berilgan medal 1950-yilda qayta tiklangan va shundan beri har toʻrt yilda bir marta beriladi. Medal matemetika sohasiga muhim hissa qoʻshgan 40 yoshgacha boʻlgan ikki, uch yoki toʻrt nafar matematikka beriladi.
Fields mukofotni 1920-yillarning oxirida rejalashtirishni boshlagan, ammo sogʻligʻi yomonlashgani sababli medal joriy qilinishini koʻrmagan: olim 1932-yil 9-avgustda uch oylik kasallikdan soʻng vafot etgan. Oʻz vasiyatida Fields medali fondiga 47 000 AQSh dollarini qoldirgan. Medalni joriy qilish gʻoyasini John Lighton Synge amalga oshirgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Fields, J. C. (1886). "Symbolic Finite Solutions and Solutions by Definite Integrals of the Equation dny/dxn = xmy". American Journal of Mathematics 8 (4): 367–388. doi:10.2307/2369393. ISSN 0002-9327. https://www.jstor.org/stable/2369393.
- ↑ „About Us: The Fields Medal“. The Fields Institute, University of Toronto. Qaraldi: 2010-yil 21-avgust.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda John Charles Fields haqida turkum mavjud |
