Kontent qismiga oʻtish

Johannes R. Becher

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Johannes R. Becher
Tavalludi 22-may 1891
Vafoti 11-oktyabr 1958[1]
Fuqaroligi GDR, Veymar Respublikasi va Germaniya imperiyasi
Otasi Heinrich Becher

Johannes Robert Becher (talaffuzi: Iogannes Robert Bexer; 1891-yil 22-may, Myunxen – 1958-yil 10-nyabr, Berlin) – nemis yozuvchisi.

Dastlabki asarlari ekspressionizm gʻoyalari bilan sugʻorilgan. „Hammaga“ (1919), „Doimiy qoʻzgʻolonda“ (1920), „Xudo nomi bilan“ (1921) asarlarida spartakchilarning qahramonligini kuylash bilan insonga xos yaratuvchilikni va adolatsizlikka qarshi kurash gʻoyalarini ulugʻlaydi. B.ning realizmga intilishlari bosqinchilik urushlarini qoralovchi „Lyuizit“ (1926) romanida yaqqol ifodalangan. U fashizmga qarshi adabiy harakatda muhim oʻrin egallaydi. 1933—45 yillarda muhojirlikda yashaydp. „Baxt izlovchi va yetti gunoh“ (1938), „Asr oʻrtasiga qadam“ (1958) va boshqa sheʼriy toʻplamlari; „Vidolashuv“ (1940) romani bor. Bu romani oʻz biografiyasi asosida yozilgan. „Tajribalar“ (1951— 57) madaniyat muammolariga bagʻishlangan. Xalqaro mukofot laureati (1952)[2].

  1. // (unspecified title)
  2. „Johannes R. Becher“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil