Johann Pestalozzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Johann Heinrich Pestalozzi (1746.12.1, Syurix - 1827.17.2, Brugg) — shveysariyalik pedagog, boshlangʻich taʼlim nazariyasi asoschisi. Karolinum kollegiumining ikki kursini tugatgan. Neyxofda "Kambagʻallar uchun muassasa", Stans shahrida yetimxona, Burgdorf va Iverdonda institutlar ochgan va ularga rahbarlik qilgan. P. fikricha, tarbiyaning maqsa-di insonlarning barcha tabiiy kuchlari va qobiliyatlarini har tomonlama va uygʻun oʻstirishdan iborat. Uning elementar maʼlumot nazariyasiga koʻra, tarbiyalash oddiy elementlardan boshlanib, asta-sekin murakkabroq darajaga koʻtarilib borishi kerak. P. bolalarga ilk bor hisob, oʻlchash va nutqni oʻrgatish me-todikasini ishlab chikdi, boshlangʻich taʼlimga geom., geogr., rasm solish, ashula, gimnastikadan oddiy maʼlumotlarni kiritib, uning mazmunini kengaytirdi. Asosiy asarlari: "Lingard va Gertruda" (1781—87), "Oqqush qoʻshigʻi" (1826), "Gertruda oʻz bolalarini qanday qilib oʻqitadi" (1801).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil