Kontent qismiga oʻtish

Jogo bonito

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Goʻzal oʻyin (portugalcha: o jogo bonito) – futbolda keng qoʻllaniladigan atama hisoblanadi. Bu atamani 1957-yildan 1977-yilgacha faoliyat yuritgan braziliyalik futbolchi Pele ommalashtirgan. Garchi baʼzilar iboraning aniq kelib chiqishi haqida turli versiyalarni keltirsada, u Braziliyada keng tarqalgan edi. Ingliz futbol sharhlovchisi Styuart Xoll bu iborani 1958-yilda birinchi bor qoʻllagan. Xoll Meyn Roudda Manchester Cityning oʻyinini koʻrgani borganda, Piter Dohertining oʻyiniga qoyil qolgan va umuman futbolni taʼriflash uchun jogo bonito iborasini ishlatgan[1]. Oʻz faoliyati davomida braziliyalik futbolchi Ronaldinho jogo bonito uslubida oʻynashning yorqin namoyandasi boʻlgan[2].

  1. Harper, Nick. „Stuart Hall“. The Guardian (2003-yil 2-may). 2019-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 24-aprel. „The player I fell in love with and who inspired me to coin the phrase 'the beautiful game' was Peter Doherty, an inside forward, my first hero.“.
  2. „Ronaldinho's Biography“.