Joe Lolley

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joe Lolley
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Joseph Lolley[1]
Tavallud sanasi 25-avgust 1992-yil (1992-08-25) (31 yosh)[2]
Tavallud joyi Redditch, Angliya
Boʻyi 5 ft 10 in (1.78 m)
Ampluasi qanot hujumchisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sydney FC
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2008 Birmingham City
2008—2011 Bromsgrove Rovers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2013 Littleton 83 (88)
2013—2014 Kidderminster Harriers 21 (9)
2014—2018 Huddersfield Town 80 (10)
2015Scunthorpe United (ijara) 6 (0)
2018—2022 Nottingham Forest 159 (24)
2022 Sydney FC 2 (1)
Milliy terma jamoa
2013 Angliya milliy futbol terma jamoasi
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 14-oktyabr 16:48 (utc) uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 3-iyul 19:15 (utc) uchun)

Joseph Lolley (talaffuzi: Jozef Lolli) (1992-yil 25-avgustda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Redditchda tugʻilgan Joseph Lolley „Birmingem City“ klubi akademiyasida tarbiyalangan[3]. Keyin Joseph Lolley „Bromsgrove Rovers“ klubi bilan faoliyatini davom ettirdi. Shundan soʻng, Joseph Lolley „Littleton“ klubi bilan shartnoma imzoladi va klub jamoasi bilan 2011—2013-yilgi mavsumlarda jami 83 oʻyinda maydonga tushib 88 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[3].

Kidderminster Harriers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil iyul oyida, muvaffaqiyatli sinovdan soʻng, Joseph Lolley „Kidderminster Harriers“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[4]. Joseph Lolley 2013—2014-yilgi mavsumni faol oʻtkazdi. Joseph Lolley yangi klubdagi ikkinchi oʻyinida („Chester“ klubi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda) oʻzining birinchi golini urdi. Joseph Lolley ligada 21 ta oʻyinda 9 ta gol va Angliya kubogi doirasidagi oʻyinlarda 4 ta oʻyinda 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. „Kidderminster Harriers“ klubi Joseph Lolley gol urgan har bir oʻyinda gʻalaba qozondi[5]. „Harriers“ klubi safidagi soʻnggi liga oʻyinida Joseph Lolley („Salisbury City“ klubiga qarshi oʻyinda) xet-trik qayd etdi[6].

Huddersfield Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 15-yanvarida Joseph Lolley nomaʼlum toʻlov evaziga „Huddersfield Town“ jamoasiga qoʻshildi[7]. Joseph Lolley 2014-yil 1-fevralda Elland Roud stadionida „Leeds United“ klubiga 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi[8].

25-sentyabrda Joseph Lolley bir oylik ijara asosida „Scunthorpe United“ klubiga oʻtdi[9]. Klub safida ijara asosida 6 ta oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, Joseph Lolley jamoadoshi Murray Wallace bilan 1-noyabr kuni oldingi jamoasiga chaqirib olingandi.

Nottingham Forest[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 31-yanvarida Joseph Lolley „Nottingem Forest“ klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[10]. Joseph Lolley „Forest“ klubi uchun birinchi golini 2018-yil 24-fevralda „QPR“ klubiga qarshi oʻyinda (5:2 hisobidagi gʻalabali oʻyinda) kiritdi[11].

Sydney FC[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 15-avgustda Joseph Lolley A-Liga vakili „Sydney FC“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagani eʼlon qilindi. Joseph Lolley klub safidagi oʻzining birinchi golini „Western United“ klubiga qarshi oʻyinda urdi[12].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joseph Lolley Markaziy Lancashire universitetida sport murabbiyligi boʻyicha tahsil olgan[13].

Joseph Lolley siyosatga ham katta qiziqish bildiradi va koʻpincha oʻzining oʻchirilgan Twitter akkauntidan hozirgi voqealarni muhokama qilish uchun foydalanadi. Joseph Lolley yuqori daromad oluvchilar uchun daromad soligʻi stavkalarini oshirishni qoʻllab-quvvatlaydi[14].

Joseph Lolley itlarni yaxshi koʻradi. U 2019-yil iyun oyida Tailanddagi Soi Dog fondiga tashrif buyurgan. Joseph Lolleyning „Bear“ ismli qora labrador iti bor[15].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga FA kubugi EFL kubugi Boshqa Umumiy
Diviziya Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Kidderminster Harriers 2013—2014[16] Konferensiya Premer-ligasi 21 9 6 2 1 0 28 11
Huddersfield Town 2013—2014[16] Chempionat 6 1 6 1
2014—2015[16] Chempionat 17 2 1 0 1 1 19 3
2015—2016[16] Chempionat 32 4 2 0 0 0 34 4
2016—2017[16] Chempionat 19 1 3 0 0 0 0 0 22 1
2017—2018[16] Premer-liga 6 1 2 0 2 1 10 2
Umumiy 80 9 8 0 3 2 0 0 91 11
Scunthorpe United (ijara) 2015—2016[16] Birinchi liga 6 0 6 0
Nottingham Forest 2017—2018[16] Chempionat 16 3 16 3
2018—2019[16] Chempionat 46 11 1 0 4 1 51 12
2019—2020[16] Chempionat 42 9 0 0 2 1 44 10
2020—2021[16] Chempionat 28 1 2 0 0 0 30 1
2021—2022[16] Chempionat 27 0 1 0 0 0 2 0 30 0
Umumiy 159 24 4 0 6 2 2 0 171 26
Umumiy 266 42 18 2 9 4 3 0 296 48

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (1-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 6-may 2019-yil.
  2. „Joe Lolley“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 16-may 2018-yil.
  3. 3,0 3,1 Threlfall-Sykes. „Kidderminster attacker joins“. Huddersfield Town A.F.C (15-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.
  4. „Kidderminster Harriers: Joe Lolley moves to Aggborough“. BBC Sport (31-iyul 2013-yil). Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.
  5. „Games played by Joe Lolley in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm.
  6. Ged Scott. „BBC Sport – Kidderminster Harriers 3–0 Salisbury City“. BBC Sport.
  7. „Transfer window: Joe Lolley joins Huddersfield from Kidderminster“. BBC Sport (15-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.
  8. Thomson, Doug. „Debut performance of Joe Lolley at least provides one plus for Huddersfield Town manager Mark Robins after mauling by Leeds United“. The Huddersfield Daily Examiner (3-fevral 2014-yil). Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.
  9. „Iron Make Lolley Loan Move“.
  10. „Nottingham Forest FC“.
  11. „QPR 2-5 Nottm Forest“. BBC Sport (24-fevral 2018-yil). Qaraldi: 26-fevral 2018-yil.
  12. „Sydney FC Sign Joe Lolley“ (inglizcha). Sydney FC. Qaraldi: 26-avgust 2020-yil.
  13. „News“.
  14. James. „Joe Lolley interview: 'You just get to a point where you don't really want to… play'“. The Athletic. Qaraldi: 21-oktabr 2020-yil.
  15. James. „Joe Lolley interview: 'You just get to a point where you don't really want to… play'“. The Athletic. Qaraldi: 21-oktabr 2020-yil.
  16. 16,00 16,01 16,02 16,03 16,04 16,05 16,06 16,07 16,08 16,09 16,10 16,11 „Joe Lolley“. Soccerbase. Qaraldi: 26-yanvar 2019-yil.