Joanne Whalley

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Joan Uolli
Joanne Whalley
Tugʻilgan paytidagi ismi: Joan Uolli
Tavalludi sanasi: 25-avgust, 1961 (1961-08-25)(54 yosh)
Tavalludi joyi: Solford, Lankashir, Angliya, Birlashgan Qirollik
Fuqaroligi: Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Faoliyat yillari: 1974-bugun
Janr: aktrisa

Joan Uolli (ingl. Joanne Whalley; 25-avgust 1961, Solford, Lankashir, Angliya, Birlashgan Qirollik) — angliyalik aktrisa [1][2][3].

Biografiyasi[tahrir]

Joan Uolli (Kilmer) Joanne Whalley

Tugʻilgan yili: 1964-yil 25-avgust Tugʻilgan joyi: Buyuk Britaniya, Manchestr Farzandlari: Qizi Mersedes Kilmer 1991-yil 29-oktyabrda tugʻilgan, oʻgʻli Jek Kilmer 1995-yil 6-iyun kuni dunyoga kelgan. 1991-yili „People“ jurnali tomonidan „Dunyoning eng goʻzal odamlari elliktaligi“ roʻyxatiga kiritilgan.

Aktrisa Joan Uolli 1964-yilda Britaniyaning Manchester shahrida dunyoga kelgan. Joan ijodini kichkinaligidayoq boshlagan. Uolli 1976-yili suratga olingan „Joby“ teleserialida va 1978-yilda yaratilgan „Yagona va faqat Fillis Deyzi“ filmida rol oʻynagan. 1982-yilga kelib, yosh aktrisa Alan Parker va Jerald Skarfning mashhur „Devor“ musiqali kartinasida suratga tushadi.

80-yillarning oʻrtalarida, Joan nafaqat kinoda, balki teatrda ham rollar ijro eta boshlaydi. Aktrisa eng birinchi mashhur rolini 1986-yili „Zulmat qaʼrida“ serialida oʻynaydi. Oʻsha yilning oʻzida aktrisa „Kuylovchi detektiv“ serialida ham rol ijro etadi. 1988-yili Joan suratga olish maydonchasida oʻzining boʻlajak turmush oʻrtogʻi amerikalik aktyor Vel Kilmer bilan tanishadi. Shu yili 28-fevral kuni ular nikohdan oʻtishadi. Juftlikning ikki nafar farzandi bor. Ammo, ularning oʻgʻli Jek tugʻilgach Joan ajrashishga qaror qiladi. Jon Harvardning „Uolli“ va Jan Dalning „Meni yana bir bor halok et“ filmlarida aktrisa turmush oʻrtogʻi bilan bosh qahramonlarni jonlantirgan edi. „Shamollarda qolgan hislarim“ filmining mantiqiy davomi boʻlgan „Skarlet“ kinokartinasi katta ekranga chiqgach, Joan Uolli juda mashhur boʻlib ketdi. Filmda Joan maqsadi sari dadil qadam bosuvchi amerikalik ayol obrazini maromiga yetkazib ijro etadi.

90-yillarga kelib, Joan rejissyor Jon Emielning „Kam biluvchi inson“ komedik filmida Bill Myurr bilan suratga tushadi. 2000-yili aktrisa Devid Barton Morrisning „Birinchi xonim“ biografik dramasida AQSH Prezidenti Jon Kennedining rafiqasi Jaklin Buvye Kennedi rolini ijro etadi.

Aktrisa kinoda suratga tushishdan tashqari, televideniyada ham faoliyat yuritadi. Uolli oʻzining ijodiy faoliyati davomida oʻndan ortiq seriallarda suratga tushgan. Uning oxirgi seriallaridan biri „Qirolicha qiz“ serialidagi qirolicha Mariya hamda „Jinoyatchi kabi fikrlamoq“ seriallarida yaratgan obrazidir. U ellikdan ortiq filmlarda suratga tushgan. Joan Uolli xozirda ham qizgʻin ijod bilan mashgʻul.


Filmografiyasi[tahrir]

  1. Now and Then – Stockport Local Heritage Library Newsletter – Autumn 2010. Stockport Metropolitan Borough Council. 2013-08-06.
  2. John Patterson (27 January 2010). "Joanne Whalley: Here comes trouble". guardian.co.uk. http://www.guardian.co.uk/film/2010/jan/27/joanne-whalley-interview. Qaraldi: 9 March 2011. 
  3. "A star with a child in her eyes". The Times (London). 12 November 2005. http://entertainment.timesonline.co.uk/tol/arts_and_entertainment/tv_and_radio/article589135.ece.