Joʻyak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Jo‘yakdan yoʻnaltirildi)

Joʻyak — tuproqning mexanik tarkibi, ekin turi va ekish usuliga koʻra kuzda yoki baxrrda yer yetilganda olinadigan ekish arigʻi; ikki pushta oʻrtasidagi ariq. Koʻproq kartoshka va poliz ekinlari J. olib ekiladi. J.ning "ilon izi","dandana", toʻgʻri (egat) xillari bor. J.ning egat xili keng tarqalgan. "Ilon izi" ("aylanma") shaklida olingan J. ning kengligi 80— 90 sm, chuq. 40—50 sm, pushtasi (ikki arigʻi oʻrtasi) poliz ekinlari uchun 1,5—2,5 m, boshqa ekinlar uchun 60— 80 sm kenglikda olinadi. Uning bir burilishi bilan ikkinchi burilishi oʻrtasidagi oraliq yer nishabiga qarab 4^7 m. J.ga quyilgan suv oyoklagach, etagidan boshlab, J. suv bilan (2/3 qismgacha) toʻlishiga qarab, quloq bogʻlab chiqiladi (har 1—2 ariqning suv bilan toʻlgan joyi tuproq tortib bekitiladi). J.ning nam chiqqan yeriga urugʻ ekiladi. Ekin butun oʻsuv davrida J.dan sugʻorib turiladi. J.ning burilgan joyiga chim bosib, suvni oqova qilib quyish ham mumkin. J.ning "dandana" usulida J. barmoq shaklida olinadi, uzunasiga tortilgan oʻq ariqdagi suv boshi berk (barmoq) ariklarga toʻldirib qoʻyiladi. J.ning "ilon izi" va "dandana" turlari asosan ketmon bilan ochiladi (mexanizatsiyadan foydalanib boʻlmaydi). Egat — 100–150 m va undan ortiq uzunlikda bir-biriga parallel olingan J.lardir. Paxtachilikda markyor tashlab 120 yoki 180 sm kenglikda va 25—30 sm chuqurlikda olinadi. Ekin J.ning ikki tomoniga yoki ikki qirgʻogʻiga ekiladi. Gullash faza-sida ekilgan qatorlar oʻrtasidan egat ochilganda 90 yoki 60 sm li qator oraligʻi hosil boʻladi, ekin pushta oʻrtasida qoladi. Tekis dalaga nisbatan J.dagi tuproqning havo-issiklik va suv rejimi qulay boʻladi. J.da urugʻ tushgan atrof va undan pastroqda tuproq harorati boshqa joylarga Karaganda 0,9—3,0° koʻproq isiydi.

Abdurahim Ermatov.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil