Xayrulla Joʻrayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xayrulla Joʻrayev
Tavalludi 20-yanvar 1945-yil
Vafoti 19-noyabr 2023-yil(2023-11-19)
(78 yoshda)
Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Kasbi kinorejissyor
Unvoni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi
Mukofotlari

Xayrulla Ravshanovich Joʻrayev (1945.20.1, Zomin tumani – 2023-yil 19-noyabr, Oʻzbekiston[1]) – kinorejissyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1970). Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rej., muharrir, bosh muharrir (1976—87). „Videofilm“ markazining direktori (1988— 89). Prezident devonida masʼul xodim (1990—92), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasining raisi (1992—93), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (1993-96), 1996-yil 1 noyabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vaziri. Qisqa metrajli: „Ahmatovlar oilasi“, „Abdumannon Umarov“, „Abdulla Qodiriy“, „Hamid Olimjon“ va b.; toʻla metrajli: „Fuqaro“, „Barcha fazilatlar senda mujassam“, „Afgʻoniston, 85-yil kuzi“, „Ikki million tanish chehra“ (M. Qayumov bilan hamkorlikda) va b. filmlar yaratgan. „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan (2000)[2]. 2023-yil 19-noyabr kuni 78 yoshida vafot etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev 78 yoshida vafot etdi“. xabar.uz (2023-yil 19-noyabr). 2023-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil