Joʻyi moʻliyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Joʻyi mavoliyondan yoʻnaltirildi)

Joʻyi moʻliyon, Joʻyi mavoliyon — Buxorodan 4–5 km shimolda joylashgan qad. manzilgoh va ariq nomi. J. m.da Ya. F. Gʻulomov va A. Qosimzoda arxeologik tadqiqot ishlari olib borganlar (1956).

Joʼyi mo'liyon yerlari qadim vaqtlarda Tagʼshodaning mulki boʼlib, u oʼz farzand va kuyovlarining har biriga taqsim qilib bergan. Marhum amir Ismoil Somoniy bu yerlarni xalifa al-Mustaʼin ibn al-Muʼtasimning lashkarboshisi boʼlgan Hasan ibn Muhammad ibn Tolutdan sotib oldi. Аmir Ismoil Joʼyi mo'liyonda saroylar va bogʼlar barpo qilib, uning koʼproq qismini mavoliylarga vaqf qildi. U hozirgacha ham vaqf. Аmir Ismoil doimo oʼz mavoliylariga gʼamxoʼrlik koʼrgizar edi.  Bir kuni amir Ismoil Buxoro hisoridan Joʼyi mo'liyonga qarab turganida uning yonida otasining mavlosi Simo-ul-kabir — «Ulugʼ siymo» turgan edi. Аmir Ismoil uni doʼst tutar va yaxshi koʼrar edi, unga qarab: «Bir vaqti ketsa-da, Xudoyi taolo biror sabab tugʼdirib, bu yerlarni sizlar uchun sotib olsam va menga umr bersa-da, bu yerlar sizlarniki boʼlganini koʼrsam, chunki bu yerlar Buxoroning barcha yerlaridan qiymatliroq, yaxshiroq va xush havoliroqdir»— dedi. Xudoyi taolo nasib etib amir Ismoil u yerlarning hammasini sotib olib, mavoliylarga berdi va nihoyat, u yerlar Joʼyi mavoliyon deb ataldi, koʼpchilik xalq esa uni Joʼyi muliyon, deydilar.  Buxoro hisoriga bir tekislik yer tutashgan boʼlib, uni «Dashtak» deydilar. Bu yerlarning hammasi qamishzor edi. Marhum amir Ismoil bu joyni ham Hasan ibn Muhammad ibn Tolutdan o'n ming diramga sotib oldi va birinchi yildayoq qamishning pulidan oʼn ming diram hosil undi. Аmir Ismoil bu joyni masjidi jomega vaqf qildi. Аmir Ismoildan keyin uning farzandlaridan kimki amir boʼlsa u goʼzalligi, toza va xushhavoligi tufayli Joʼyi mulnyonda oʼzi uchun bogʼ va koʼshklar bino qildi.  Darvozayi Navda shahar darvozasiga tutash bir mavze borki, uni «Koraki Аlaviyon» — «Аli avlodi ekinzori» deydilar. Аmir Mansur ibn Nuh bu joyga gʼoyat goʼzal bir koʼshk qurdi. Аbu Bakr Narshaxiy. Buxoro tarixi goʼzallikda uni misol qilib gapirar edilar; u uch yuz ellik oltinchi yili (17 dekabr 966—6 dekabr 967) (qurilgan) edi. Koraki Alaviyonnnng bu yerlari to Nasrxon ibn Tamgʼochxon davrigacha sultonlik mulki boʼlgan edi. Nasr xon bu yerlarni shaharga yaqin boʼlganligi uchun faqihlarning dehqonchilik qilishlari osonroq boʼlsin deb,ilm ahllariga berdi va oʼzi buning evaziga uzoqroq yerlardan oldi.  Joʼyi muliyon va Koraki Аlaviyon somoniylar hukmronlign davrining oxirigacha obod edi.  Mamlakat somoniylar qoʼlidan ketgach, u saroylar xarob boʼldi hamda toki Shamsulmulk Nasr ibn Ibrohim Tamgʼochxon davrigacha Buxoroda faqat hisordan boshqa (podshohlar uchun) biror muayyan qarorgoh boʼlmadi.


   Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far an-Narshaxiy haqida batafsil ma'lumot
 Buxoro tarixi asari haqida batafsil ma'lumot
 Narshaxiy-Buxoro tarixi.Yuklab olish uchun manba

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1966.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil