Joʻyborcha madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Joʻyborcha madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Muhammad Elbarsxon qizi
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Muhammad Elbarsxon qizi
Asosiy sana:
XVIII asr
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 23 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Joʻyborcha madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Joʻyborcha madrasasi XVIII asrda Joʻybori xonaqohi guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Shohmurod davrida Muhammad Elbarsxon qizi tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Vaqf hujjatida madrasa pishiq gʻishtli, gumbazli va ravoqli, baland ayvonli yigirmata hujradan iborat oliy madrasa boʻlib, yonida tosh hovuz mavjud boʻlgan. Madrasa gʻarbi va shimolida hovlilar, sharqida chorbogʻ va yana bir tomonida madrasa sohibi xonadoning goʻrxonasi mavjud boʻlgan. Ushbu madrasa vaqfi uchun Harqanrudda Asfijandiq qishlogʻi va Nasaf viloyati Mudin qishlogʻidagi hamma xolis mulkini vaqf qilingan. Vaqf mulkiga voqifaning oʻzi mutavvali boʻlgan. Keyinchalik uning oʻgʻli Muhammad Qalandarxo’ja, soʻngra uning avlodlari bu vazifani bajarishgan. Joʻyborcha madrasasiga oid bir qator yana vaqf hujjatlari saqlangan boʻlib, unda mudarrislar mulla Abduqayum va mulla Bobojon nomlari keltirilgan. Ularning maoshi 67 tillani tashkil etgan. Sadri Ziyo ushbu madrasada 23 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[2]. Samoviddin Husenov va Iroda Rajabova ushbu madrasani Oyposhsho bibi madrasasi deb atagan va 21 hujradan iborat deb yozgan[3]. Joʻyborcha madrasasi 23 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144 bet. 
  2. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122 bet. 
  3. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet.