Joʻrabek Murodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Joʻrabek Murodov

Joʻrabek Murodov (chap tamonida), Boymahmad Niyozov va shogirdlar
Umumiy maʼlumot
Tugʻilishi 24-dekabr 1942 (1942-12-24) (77 yosh)
Fuqaroligi Flag of Tajikistan.svg Tojikiston
Kasbi Qoʻshiqchi, musiqachi, bastakor
Janr Tojik milliy musiqasi

Joʻrabek Murodov — (tojikcha: Ҷӯрабек Муродов) — taniqli tojik qoʻshiqchisi, bastakori va shoiri. 1974-yil J. Murodovga Tojikiston xalq artisti va 1979-yil SSSR xalq artisti unvoni berilgan.

Murodov Joʻrabek (1942.24.12, Tojikiston, Ayniy tumani) — tojik xonandasi (lirik tenor) va bastakor. Milliy mumtoz, zamonaviy kompozitor hamda bastakorlar asarlarining mohir ijrochisi. Tojikiston xalq, artisti (1971). Xoʻjand ped. institutini tugatgan (1962). 1963 yildan Tojikiston filarmoniyasi yakkaxoni. Oʻzining shirador va taʼsirchan ovozi bilan sheʼr mazmuni va nazokatini, insoniy tuy-gʻularni tinglovchi qalbiga tugal va mohirona yetkazish M. talqiniga xos. Repertuarida tojik xalq qoʻshiklari va zamonaviy ashulalar muqim oʻrin tutadi. "Vatan", "Ona", "Zamin", "Non ushogʻi", "Doʻstlarni yoʻqotma", "Mening koʻzlarim", "Roʻdakiy qoʻshigʻi", "Yor diydori", "K,alb zorini qaydan bilasan?", "Ul lolaruxsor" kabi qoʻshiqlari mashhur. Shuningdek, turli xalqlarning qoʻshiklari M. ijro dasturini boyitdi. Bastakor sifatida Hofiz Sheroziy, Jomiy, Rumiy, Bedil gʻazallari va M. Tursunzoda sheʼrlariga yaratgan kuylari mashhur. Osiyo, Yevropa, Amerika mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda bir necha bor gastrolda boʻlgan.[1]

Havolalar va qoʻshiqlar[tahrir]

# Qoʻshiq Qoʻshiqchi Vaqtlari
01 "Зулайхо"[2] Joʻrabek Murodov
02 "Nay navosi" Joʻrabek Murodov
03 "Vatan" Joʻrabek Murodov
04 " Joʻrabek valsi" Joʻrabek Murodov
05 "Sanam" Joʻrabek Murodov
06 "Safar qildim" Joʻrabek Murodov
07 "Dadjonim" Joʻrabek Murodov
08 "Dadam" Joʻrabek Murodov
09 "Munojot" Joʻrabek Murodov
10 "Ona yuraki" Joʻrabek Murodov

Mukofotlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Joʻrabek Murodov qoʻshiqchi http://jmc.tj/site/en/galereya-en/music-en.html