Joʻra Gʻoyibov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Joʻra Yomgʻirovich Gʻoyibov (1942.16.12, Tojikiston Respublikasining Qoʻrgʻontepa viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (2003). Leninobod pedagogika institutini tugatgan (1970). 1970 yildan Qoʻrgʻontepa viloyatining Xoʻjamaston tumanidagi 7-maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi, 1978 yildan 26-maktabda direktor. 1983 yildan Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidagi 4-maktabda ona tili va adabiyot oʻqituvchisi. "Qalb javohiri", "Men seni kuylayman", "Tallimarjon boychechagi", "Tuygular jilosi", "Armonli dunyo" sheʼriy toʻplamlari, "Oʻlib tirilgan odam" hikoyalar toʻplami muallifi.