Joʻra Azimboyevich Musayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Joʻra Azimboyevich Musayev
 
Tavalludi: 5-dekabr 1928-yil(1928-12-05)
Vafoti: 27-oktabr 2014-yil(2014-10-27)
(85 yoshda)
 
Mukofotlari:

El-urt khurmaty rib.png Uzbek orden rib.png Xalqlar doʻstligi ordeni

Musayev Joʻra Azimboyevich (1928.5.12, Yangiyoʻl shahri) — genetik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), biol. fanlari doktori (1973), professor (1975). Oʻrta Osiyo universitetni tugatgan (1948). Toshkent Davlat Universiteti darvinizm va genetika kafedrasi assistenti (1952-56), dotsenti (1956-1974), tayyorlov fakulteti umumiy nazariy fanlar kafedrasi mudiri (196166), gʻoʻza xususiy genetikasi —problema laboratoriya mudiri (1974 yildan), darvinizm va genetika kafedrasi mudiri (1981—84), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi instituti direktori (1982—84), Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (1984—88), Prezidiumning bosh ilmiy kotibi (1985—88), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimliklar ekspere-mental biologiyasi instituti gʻoʻza xususiy genetikasi laboratoriya mudiri (1989—92), Fanlar akademiyasi Genetika instituti tashkilotchilaridan. Shu institut oʻsimliklar genetikasi boʻlimi boshligʻi (1992—2000), ilmiy maslahatchisi (2000 yildan). OʻzMU biol. - tuproqshunoslik fakulteti genetika va sito-embriologiya kafedrasi mudiri (2000 yildan). M. gʻoʻzaning irsiy toza genetik kolleksiyasini yaratgan. Birinchi boʻlib allotetraploid gʻoʻzalar belgi va xususiyatlarini, genlarning kombinativ taʼsirida irsiylanishi toʻgʻrisidagi genetik nazariyaga asos solgan. M. va shogirdlari gʻoʻzaning monosomik, translokatsion va sitologik markerlangan liniyalari kolleksiyasini yaratishgan. M. gʻoʻzaning "Gulbahor", "Navbahor", "Armugʻon" navlari mualliflaridan biri. "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Bosh tahrir hayʼati aʼzosi (1997 yildan). "Elyurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998) .[1][2]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME
  2. * Geneticheskaya kolleksiya xlopchatnika i problemi nasledovaniya priznakov, T., 1979.