Kontent qismiga oʻtish

João Pedro (2001-yilda tugʻilgan futbolchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
João Pedro
Pedro „Chelsea“ tarkibida 2025-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi João Pedro Junqueira de Jesus[1]
Tavallud sanasi 26-sentyabr 2001-yil (2001-09-26) (24 yosh)[2]
Tavallud joyi Ribeirão Preto, San Paulu, Braziliya
Boʻyi 1.82 m[2]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011–2019 Fluminense
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019 Fluminense 29 (5)
2020–2023 Watford 104 (23)
2023–2025 Brighton & Hove Albion 58 (19)
2025– Chelsea 0 (0)
Milliy terma jamoa
2023 Braziliya U-23 1 (0)
2023– Braziliya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2-iyul uchun)

João Pedro Junqueira de Jesus (2001-yil 26-sentyabrda tugʻilgan) João Pedro nomi bilan ham tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining „Chelsea“ klubi hamda Braziliya terma jamoasi hujumchisi.

Yoshlik yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

João Pedro Braziliyaning San Paulu shtatidagi Ribeirão Preto shahrida Flavia Junqueira va José João de Jesus (Chicão nomi bilan tanilgan) oilasida tugʻilgan. Otasi Chicão sobiq professional futbolchi boʻlib, asosan „Botafogo-SP“ tarkibidagi oʻyinlari bilan tanilgan. 2002-yilda u qotillikka sheriklikda ayblanib, oʻn olti yilga qamalgan va sakkiz yilini qamoqda oʻtagan. Chicão qamoqqa olingan paytda u va Flavia Junqueira ajrashib boʻlishgan edi[3].

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

João Pedro faoliyatin „Fluminense“ klubi yoshlar akademiyasida boshlaydi va onasi bilan birga Rio-de-Janeyroga koʻchib oʻtadi. Akademiyada u dastlab himoyaviy yarim himoyachi sifatida, keyinchalik hujumkor yarim himoyachi, soʻngra hujumchi pozitsiyasida oʻynagan[3]. 2018-yil 19-oktyabrda, hali asosiy jamoa safida debyut qilmasidan avval, EFL Championship ligasida harakat qiluvchi „Watford“ klubi 2020-yil yanvardan kuchga kiradigan besh yillik shartnoma asosida João Pedroni sotib olish boʻyicha kelishuvga erishgan[4].

2019-yil 28-mart kuni João Pedro „Fluminense“ safida birinchi jamoa uchun debyutini Campeonato Carioca doirasida „Flamengo“ga qarshi oʻyinda (2:1 hisobida magʻlubiyat) soʻnggi daqiqlarda zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan[5]. Oradan bir oy oʻtib, 29-aprelda u Série A doirasida „Goiás“ga qarshi oʻyinda (1:0 hisobida magʻlubiyat) ligadagi ilk oʻyinini ham yakuniy daqiqalarda zaxiradan maydonga tushib oʻtkazgan[6]. Shundan soʻng, u keyingi toʻrt oʻyinda yettita gol urdi, jumladan, Copa Sudamericana musobaqasida „Atlético Nacional“ga qarshi 4:1 hisobida yakunlangan oʻyinda ham xet-trik qayd etgan[7].

2019-yil 30-oktyabrda João Pedroning Buyuk Britaniyaga borish uchun mehnat ruxsatnomasini olgani va 2020-yil yanvar oyida „Watford“ bilan shartnoma imzolashi rasman eʼlon qilingan[8]. Dastlab jahon boʻyicha COVID-19 pandemiyasi sababli koʻplab uchrashuvlar bekor qilinganiga qaramay, Pedro 2020-yil 26-sentyabrda, oʻzining 19 yosh tugʻilgan kunida „Luton Town“ga qarshi oʻyinda (1:0) Watford safidagi ilk golini kiritgan[9]. 2020-yil 16-oktabrda esa u uzoq masofadan kiritgan goli evaziga jamoasining „Derby County“ ustidan gʻalaba qilishini taʼminlagan[10].

Pedro oʻzining Premyer-ligadagi ilk golini 2021-yil 20-noyabrda „Manchester United“ga qarshi uchrashuvda kiritdi va uni vafot etgan oʻgay otasi Carlos Junior xotirasiga bagʻishladi. 2022-yil 15-yanvarda esa u 88-daqiqada „Newcastle United“ darvozasiga hisobni tenglashtiruvchi golni urdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi[11].

Brighton and Hove Albion

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yil 5-may kuni Premyer-liga klubi „Brighton & Hove Albion“ João Pedroni „Watford“dan sotib olganini tasdiqladi[12]. Transfer summasi oshkor qilinmagan boʻlsa-da, u klub rekordini yangilagan 30 million funt atrofida boʻlgani xabar qilindi[13]. 2023-yil 12-avgust kuni mavsumning dastlabki uchrashuvida u debyutini oʻtkazib, asosiy tarkibda maydonga tushdi va penalti orqali gol urib „Luton Town“ ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi gʻalabaga hissa qoʻshdi[14].

Pedro 2023-yil 21-sentyabrda Qitʼa miqyosidagi turnirlar doirasida klub tarixidagi ilk gollarini kiritdi. Futbolchi ikkita penaltini aniq yoʻllab, Yevropa Ligasi doirasidagi uchrashuvda Gretsiya chempioni „AEK Athens“ qarshi 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan oʻyinda oʻz nomini tarixga yozdirib qoʻydi[15]. U guruh bosqichini oltita oʻyinda oltita gol bilan yakunlab, musobaqaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi hamda soʻnggi uchrashuvda kiritgan soʻnggi daqiqalardagi goli evaziga „Brighton“ guruhda birinchi oʻrinni egallab, nimchorak finalga yoʻllanmasini qoʻlga kiritishini taʼminladi[16].

2024-yil 24-avgust kuni Pedro „Manchester United“ qarshi bahsda (2:1) uchrashuv yakuniga yaqin gʻalaba golini kiritigan[17].

2025-yil 19-aprelda u „Brentford“ himoyachisi Nathan Collins yuziga qoʻli bilan urib yuborgani uchun maydondan chetlatildi va uch oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi[18].

2025-yil 2-iyul kuni Pedro Premyer-liganing „Chelsea“ klubi bilan 2033-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzoladi. Transfer summasi 55 million funt sterling va qoʻshimcha 5 million funt bonuslar ekanligi maʼlum qilindi[19]. Shu kuni u „Chelsea“ning 2025-yilgi FIFA Klub Jahon chempionati uchun ikkinchi roʻyxatga olish oynasida tarkibga kiritildi[20].

Pedro 4-iyul kuni chorak finalida „Palmeiras“ jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qildi[21]. 8-iyul kuni yarim final bahsida u bolalikdagi klubi „Fluminense“ga qarshi oʻyinda ikki marotaba raqib darvozasini ishgʻol qilgan[22]. Finalda esa soʻnggi gol muallifi boʻlib, „Paris Saint-Germain“ ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi.

2025-yil 13-iyul holatiga koʻra[23]
Klub Mavsum Liga Shtat ligalari[a] Ichki kuboklar[b] Liga Kubogi[c] Mintagaviy Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Fluminense 2019 Série A 25 4 4 1 4 2 4[izoh 1] 3 37 10
Watford 2019-2020 Premyer-liga 3 0 2 0 0 0 5 0
2020–2021 Championship 38 9 1 0 1 0 40 9
2021–2022 Premyer-liga 28 3 1 1 0 0 29 4
2022–2023 Championship 35 11 0 0 0 0 35 11
Umumiy 104 23 4 1 1 0 109 24
Brighton & Hove Albion 2023–2024 Premyer-liga 31 9 2 5 1 0 6[izoh 2] 6 40 20
2024–2025 Premyer-liga 27 10 3 0 0 0 30 10
Umumiy 58 19 5 5 1 0 6 6 70 30
Chelsea 2024–2025 Premyer-liga 3[d] 3 3 3
2025–2026 Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Umumiy 0 0 0 0 0 0 0 0 3 3 3 3
Karyerasidagi umumiy 188 46 4 1 13 8 2 0 10 9 3 3 219 67
2025-yil 20-mart holatiga koʻra[23]
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Braziliya 2023 1 0
2024 1 0
2025 1 0
Umumiy 3 0

Chelsea

  1. „2023/24 Premier League squads“ (2023-yil 13-sentyabr).
  2. 2,0 2,1 „João Pedro“. Premier League. 2023-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
  3. 3,0 3,1 „The Joao Pedro story: Tragedy, tears and a special talent“. The Athletic (2020-yil 29-noyabr). 2024-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
  4. „Official: Hornets Agree Pedro Signing“. Watford (2018-yil 19-oktyabr). 2019-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  5. „FLUMINENSE 1 – 2 FLAMENGO“. Soccerway (2019-yil 28-mart). 2021-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  6. „FLUMINENSE VS. GOIÁS 0 – 1“. Soccerway (2019-yil 29-aprel). Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  7. „Joao Pedro: The Watford-bound striker on a hot streak for Fluminense“. Sky Sports (2019-yil 29-may). 2021-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-may.
  8. „Watford teenager Joao Pedro granted work permit year after signing“. BBC Sport (2019-yil 29-oktyabr). 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
  9. „Watford 1–0 Luton“. BBC (2020-yil 26-sentyabr). 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.
  10. „João Pedro scores again as Watford beat Derby“. The Guardian (2020-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 9-iyul.
  11. „Watford snatch late draw at Newcastle“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 15-yanvar.
  12. „Albion agree Joao Pedro deal“ (en). Brighton & Hove Albion. 2023-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  13. „Joao Pedro: Brighton agree to sign Watford forward for club record fee“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2023-yil 5-may.
  14. „Subs seal impressive win for Albion“. Brighton & Hove Albion (2023-yil 12-avgust). 2023-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
  15. „Joao is spot on but Albion lose Europa League opener“. Brighton & Hove Albion (2023-yil 21-sentyabr). 2024-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
  16. „Pedro winner puts Brighton into Europa League last 16“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2023-yil 15-dekabr.
  17. „Brighton & Hove Albion 2–1 Manchester United“ (en-GB). BBC Sport (2024-yil 24-avgust). Qaraldi: 2024-yil 24-avgust.
  18. Robertson, Harry. „Brentford see off Brighton in 4–2 thriller as Mbeumo shines“ (en). Reuters (2025-yil 19-aprel). Qaraldi: 2025-yil 23-may.
  19. Collins, Ben. „Pedro joins Chelsea and could feature in Club World Cup“. BBC Sport (2025-yil 2-iyul). 2025-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 2-iyul.
  20. „Joao Pedro completes Chelsea transfer“. Chelsea F.C. (2025-yil 2-iyul). 2025-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 2-iyul.
  21. „Joao Pedro on Chelsea debut, quarter-final victory and Fluminense reunion“. Chelsea F.C. (2025-yil 2-iyul). 2025-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 2-iyul.
  22. Steinberg, Jacob. „João Pedro sends Chelsea to Club World Cup final as stunners sink Fluminense“ (en-GB). The Guardian (2025-yil 8-iyul). Qaraldi: 2025-yil 8-iyul.
  23. 23,0 23,1 João Pedro Soccerway saytida. Qaralgan sana: 31 August 2024.
  24. Begley, Emlyn „Chelsea 3–0 PSG“. BBC Sport (2025-yil 13-iyul). Qaraldi: 2025-yil 13-iyul.